Foto: Bloomberg
Parijda an’anaviy 1 may marshi namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvga aylanib ketdi. Bu haqda 1 may, yakshanba kuni Fransiyaning BFMTV telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, namoyishchilar kolonnasi mahalliy vaqt bilan soat 14:30 da (Toshkent vaqti bilan 17:30) Respublika maydonidan Millat maydoniga qarab yurgan. Keyinchalik qora kiyim, qo‘lqop va niqob kiygan bir guruh shaxslar namoyishchilardan ajralib, mahalliy prefektura bilan kelishilmagan holda o‘z marshruti bo‘ylab harakatlana boshlagan. Qoidabuzarlar derazalarni sindirib, do‘konlar, McDonald's restorani filiali va banklarni vayron qilgan. Yig‘ilganlarning ba’zilari barrikadalar o‘rnatishga uringan.
Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suvotar qurollar (vodomyot) bilan javob berdi. O‘t yoqish natijasida yuzaga kelgan yong‘inlarni o‘chirish uchun voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan. Shu bilan birga, huquqbuzarlardan biri o‘t o‘chiruvchilarga hujum qilishga uringan.
Twitter'da ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen tartibsizliklarni qoralab, ular qabul qilib bo‘lmaydigan zo‘ravonlik harakatlarini qo‘llash orqali «Birinchi may namoyishlarini izdan chiqarishga» uringanidan afsusda ekanini bildirdi.
Parijda kechki vaqti kelib kamida 29 kishi qo‘lga olingan.
Bu yilgi birinchi may namoyishlari qayta saylangan prezident Emmanuel Makron tomonidan e’lon qilingan pensiya islohotiga qarshi qaratildi. Dastlab, u pensiya yoshini 62 yoshdan 65 yoshgacha oshirish mumkinligini aytdi. Biroq, keyinchalik boshqa bir yuqori chegarani belgiladi: 64 yosh.
Makron prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonganidan ko‘p o‘tmay, 25 aprelga o‘tar kechasi Parijda avtomobil politsiyachilarni urib yuborishi bilan bog‘liq jinoiy hodisa yuz berdi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘t ochgan. Mashinada bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas