Foto: «Pravda»
Rim papasi Fransisk Ukrainadagi vaziyatni hal etish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishmoqchi va buning uchun Moskvaga uchishga tayyor. Bu haqda bugun, 3 may kuni «Corriere della Sera» gazetai yozdi.
Fransisk aytishicha, Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritganidan so‘ng, 20 kun o‘tib (15 martda — tahr.), o‘z kardinalidan Putinga uchrashmoqchi ekanligini yetkazishni so‘ragan.
Vatikan hanuz Rossiyaning javobini kutyapti. Rim papasi Putin bilan uchrashuvdan umidini uzgani yo‘q. Pontifik shu bilan birga «Rossiya davlat rahbari hozirgi paytda ushbu uchrashuvni o‘tkaza olmasligi va o‘tkazmasligi mumkinligi»ni ham inkor etmagan.
Fransisk Moskvaga bormasdan turib Kiyevga tashrif buyurmasligini ham qo‘shimcha qildi. «Borishim kerak emasligini (Kiyevga) sezyapman. Men avval Moskvaga borishim, Putin bilan uchrashishim kerak», — dedi Rim papasi.
Xabarda yozilishicha, siyosiy sabablar tufayli Rim papasi Fransisk hamda Moskva va Butun Rus patriarxi Kirillning 2022 yil 14 iyuniga belgilangan uchrashi bekor qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas