
Kristofer Kavoli.
Foto: «Nato.int»
Amerikalik general Kristofer Kavoli NATOning Yevropadagi qurolli kuchlari yangi bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Shimoliy Atlantika alyansi bu haqda o‘z rasmiy saytida bayonot berdi.
Kavoli ushbu lavozimda yozdan ish boshlaydi. U shu paytgacha AQSHning Yevropadagi harbiylariga qo‘mondonlik qilib kelgandi.
Hozircha NATOning Yevropadagi bosh qo‘mondoni lavozimida yana bir amerikalik, Pentagon harbiy-havo kuchlari generali Tod Uolters faoliyat yuritmoqda.
Kristofer Kavoli xorijiy tillarni yaxshi biladi, jumladan, rus, italyan, fransuz tillarida so‘zlasha oladi. Yel universitetining Rossiya va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari magistri darajasiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar