08:00 / 05.05.2022
2 512

Yevropaliklarning qochoqlarga beradigan puli va sabri bitdi

Yevropaliklarning qochoqlarga beradigan puli va sabri bitdi
Yevropada birdamlik xuddi kungaboqar yog‘i zaxiralari kabi bir zumda tugadi: Rossiya-Ukraina munosabatlaridagi geosiyosiy inqirozning ikkinchi oyi o‘tib bormoqda – fransuzlar esa stress va horg‘inlikdan shikoyat qilishni boshlashgan. Vaziyat keskinlashgan vaqtda Ukrainani tark etishga qaror qilganlarni qabul qilish tashabbusini bildirgan Beshinchi respublika fuqarolari boshlariga yog‘ilgan muommolardan kutilganidek noliy boshlashdi. "Figaro"da chop qilingan maqola ostida qoldirilgan izohlar buning yaqqol dalili.

Issiq suv uchun, shunchaki oddiy suv uchun to‘lov bir zumda ko‘payib ketgan, zarur narsalar xaridi xarajatlari bir necha baravarga oshgan. Mehmonlar, ma’lum bo‘lishicha (mezbonlarni hayratga solgan – tasavvur qiling-a), fransuzcha biror bir kalimani bilishmas ekan. Pul xarajatlaridan tashqari, fransuzlarning o‘zi uchun g‘oyat qimmatli bo‘lgan vaqtlarini sarflashlariga to‘g‘ri kelar ekan. Natijada esa nozik umumfransuz ruhiyati jiddiy azob chekmoqda.

Fransuzlar bilan (boshqa yevropaliklar kabi ham) siyosatchilar, ularga hisobot beradigan media va bu media rahbarlari o‘z ona zaminidan haydalgan millionlarcha suriyaliklarni qabul qilish talab etilgan vaqtda qo‘llanilgan usulni qo‘llashdi (Yaqin Sharqdagi Yevropa geosiyosiy o‘yinlarining sabab va oqibatlariga hozir batafsil to‘xtalmaymiz).

Yevropalik bolaga o‘xshab kiyingan va cho‘kib ketgan uch yoshli Aylan Kurdi surati Yevropa qalbini eritgan eng ta’sirchan kalit bo‘lgandi.
Mening o‘g‘lim/nabiram/jiyanimga o‘xshab kichikkina”, - bu rahmni keltirish so‘zlari o‘sha paytdagi Germaniya va Fransiya rahbarlariga jamoatchilikning millionlab suriyaliklarni qabul qilishga nisbatan bir qarorga kelishlariga erishishlariga imkon bergandi.

“Xush kelibsiz, qochoqlar!”
Yosh bolaning fojiali o‘limi bugun Yevropa jamiyati fikri dizayni bilan shug‘ullanayotganlarga dastur ta’minotini yaratish uchun barcha zaruriy qismlarni berdi. Bugun bu media dastur ta’minotini deyarli har bir piar kampaniyaga o‘rnatish mumkin. Natijalari esa ko‘rish-qarash qimmatga tushadigan bo‘ladi.

Yaqqol ko‘rinib turgan muammoni ko‘rib turib ko‘rmaslikka olish qobiliyati o‘ziga xos savdo belgisi bo‘ldi, Yevropa qit’asi tashqi siyosatining made in ni. Shuningdek, javobgarlikni o‘zgalar zimmasiga yuklash, jumladan, oddiy yevropalik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklash qobiliyati.

Har qanday birdamlikning chegarasi borligi, sabr tugashi mumkinligi, qochoqlarni qabul qilish uchun pul oila budjetida yetishmasligi mumkinligi haqidagi tezis ehtimoliy taftishchilar uchun oshkora quvg‘inlikni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bois, masalan, Marselda ukrainaliklarning kruiz kemasida qanday ajoyib va afsonaviy ravishda qabul qilishayotgani, ularga qanday yordam berishayotgani haqida hikoya qilish mumkin. Hatto kerak ham. Bu odamlarning ahvoli, ular sonini inobatga oladigan bo‘lsak – 575 kishi – olti oy o‘tib kema O‘rta yer dengiziga reyslarni qayta tiklaganidan keyin nima kechishi haqida hikoya qilib bo‘lmaydi. Boz ustiga, Marselda uy narxi osmonda ekanini eslatishning xojati ham yo‘q.

Haqiqiy birdamlik, haqiqiy saxiylik, yaqin kishiga bo‘lgan samimiy muhabbat yo‘qligi kabi bo‘lmasligi mumkin axir. O‘zini ko‘z-ko‘z qilish ishtiyoqi bor xolos. Oq libosda.

Haqiqatning oq libosini kiyish qiyin, hatto bu liboslar bo‘lgan taqdirda ham. Umuman olganda bu liboslar yo‘q bo‘lsa, ularni kiyishda qiyin ish yo‘q. Qirollar va ularning yevropalik mulozimlari birdamlik va saxiylik g‘oyalarini ilgarib surib, natijada qo‘llarini burunlariga suqub qolishdi. Bu juda og‘riqli bo‘ladigan xom xayollar bilan ayrilishning boshlanishi.

Yelena Karayeva

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropaliklarning qochoqlarga beradigan puli va sabri bitdi