Ushbu juftliklar to‘y marosimini shu qadar keng miqyosda o‘tkazdilarki, muxlislar bu yorqin voqeani vaqti-vaqti bilan yodga olib turadi, deb yozadi Grazia.
Jastin Timberleyk va Jessika Bil — 6,5 million dollar (2012 yil)
Foto: Grazia
Xonanda va aktrisa 2012 yil oktabr oyida turmush qurgan. Juftlik besh yil davomida uchrashib yurdi, ba’zi muxlislar esa ularni rasmiy nikohdan o‘tishiga ishonmagan. Ammo uzoq kutilgan marosim Italiya janubida bo‘lib o‘tdi. «Turmush qurish ajoyib. Marosim juda yaxshi o‘tdi», — dedi yosh oila jurnalistlarga.
Jorj Kluni va Amal Alamuddin — 4,5 million dollar (2014 yil)
Foto: Grazia
Dunyoning eng romantik shaharlaridan biri bo‘lgan Venetsiyada 2014 yilda aktyor Jorj Kluni Amal Alamuddin bilan turmush qurgan. 2014 yil 27 sentabrda bo‘lib o‘tgan to‘y uchun juftlik mehmonlarni go‘zal shahar bo‘ylab sayr qildiruvchi o‘nlab qayiqlarni ijaraga oldi. Guvohlarning ta’kidlashicha, gullardan va shamlardan iborat «badiiy» to‘y – Kluni va Alamuddin kabi ikki yulduz uchun juda mos keladi.
Sofia Vergara va Jo Manganello — 4 million dollar (2015 yil)
Foto: Grazia
To‘y uchun juftlik 1 million dollarga gullar sotib oldi va yana shuncha pulning yarmini taomga sarfladi. Sofiya va Jo barcha taklif qilinganlardan sovg‘alar o‘rniga pulni xayriya ishlariga sarflashni so‘rashgan.
Kim Kardashyan va Kane Uest — 2,8 million dollar (2014 yil)
Foto: Grazia
Ushbu juftlik to‘y va qimmatbaho sovg‘alarni tashkil qilish uchun me’yordan oshmaslikka qaror qildi. 200 dan ortiq mehmonlar Florensiyaga taklif qilindi, u yerda ajoyib bayram tashkil etildi. Faqatgina Italiya qal’asi Belveder forti ijarasi yangi turmush qurganlarga yarim million dollarga tushdi, zallarni yangi gullar bilan bezash ham xuddi shu miqdorga teng. Yulduzli juftlik sinovlariga dosh bera olmaganiga qaramay, ko‘pchilik bu tantanani uzoq vaqt eslab yurishi shubhasiz.
Kristina Agilera va Jordan Bratman — 2 million dollar (2005 yil)
Foto: Grazia
Qo‘shiqchi va musiqa prodyuseri Kaliforniyada turmush qurdi. Kristinaning to‘y libosi deyarli 100 ming dollarga tushdi. Yangi turmush qurganlar to‘y uchun mablag‘ni tejamaganliklari darhol ayon bo‘ldi. Katta xarajatlarga qaramay, Agilera, xuddi Vergara kabi, mehmonlardan hech qanday sovg‘a olmaslikni, aksincha, Amerika fondlaridan biriga xayriya ishlarini amalga oshirishni so‘radi. Afsuski, juftlikning nikohi ham 6 yilgina davom etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi