
Foto: Alexander Ermochenko/Reuters
Litva seymi (parlament) Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini genotsid, Rossiyani esa terrorchi davlat deb tan olingan rezolyutsiyani qabul qildi.
Rezolyutsiya matnida ta’kidlanishicha, «RF qurolli kuchlari va uning yollanma askarlari Ukraina hududida, jumladan, Bucha, Irpen, Mariupol, Borodyanka va Gostomelda harbiy jinoyatlar sodir etmoqda».
Seymning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilingan hujjatda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainadagi maqsadi ukrain xalqini yo‘q qilishdan iborat.
Litva parlamenti Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainadagi harakatlarini «genotsid» deb atadi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, «Rossiya Federatsiyasi terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydigan va amalga oshiradigan davlat hisoblanadi».
Litva parlamenti barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish hamda Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tergov qilish va baho berish uchun maxsus jinoiy tribunal tuzishga chaqirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar