12:53 / 12.05.2022
4 832

Xitoy aeroportida yo‘lovchilar o‘tirgan samolyot yonib ketdi, 40 kishi jabrlandi

Xitoy aeroportida yo‘lovchilar o‘tirgan samolyot yonib ketdi, 40 kishi jabrlandi
Xitoy janubi-g‘arbidagi Chunsin shahrida joylashgan «Szyanbey» xalqaro aeroportida Tibet Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti uchib ketish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chetga chiqib, yonib ketdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Hodisa Toshkent vaqti bilan 12 may kuni 05:00 atrofida yuz berdi. Aniqlik kiritilishicha, bortda 113 yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. 40 kishi jabrlandi, ular kasalxonaga yetkazildi.

«TV 9833 Chunsin—Nyingchi reysini amalga oshirayotgan samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi tashqarisiga chiqib ketdi va fyuzelyaj (samolyot korpusi) burun qismining chap tomoni yonib ketdi», — deyiladi aeroport xabarida.

Halok bo‘lganlar haqida xabar kelib tushgani yo‘q, avariya sabablari aniqlanmoqda.

Xitoy markaziy televideniyesi ma’lum qilishicha, o‘t o‘chirilgan, hodisa yuz bergan uchish-qo‘nish yo‘lagi yopib qo‘yilgan. Yakuniy manzili Chunsin bo‘lgan reyslar qisman Sichuan provinsiyasi Chendu shahridagi «Shuanlyu» aeroportiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Xitoy janubida China Eastern aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti halokatga uchragandi. Havo kemasi bortida 123 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, ularning barchasi halok bo‘lgan, deb tan olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy aeroportida yo‘lovchilar o‘tirgan samolyot yonib ketdi, 40 kishi jabrlandi