Foto: BMT
BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet Ukrainada Rossiya askarlari tomonidan amalga oshirilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlar haqida bayonot berdi.
«Sudsiz jazolashlar, jumladan, Kiyev shimolidagi tumanlardagi ommaviy qatllar odamni dahshatga solmay qo‘ymaydi. Hozircha 300 ta qotillik haqida aniq ma’lumot mavjud, yangi dalillar topilishi bilan bu raqam oshib bormoqda», – deydi oliy komissar.
BMT Inson huquqlari kengashining 34-maxsus sessiyasida ma’ruza qilgan Mishel Bachelet aql bovar qilmas vahshiyliklardan tinch aholi jabr ko‘rayotganiga e’tibor qaratgan. Birgina Kiyev viloyatida mingdan ziyod tinch aholi vakili jasadi topilgan. Ularning aksari tergov-sudsiz qatl etilgan, ayrimlari o‘z vaqtida tibbiy ko‘mak ko‘rsatilmagani oqibatida hayot bilan vidolashgan.
«Rossiya askarlari qurolsiz erkaklarni Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlaydi degan gumon bilan o‘ldirgan. Ayrimlari esa o‘limidan oldin qiynoqqa solingan», – deydi BMT mas’ul vakili. Masalan, Kiyev viloyatinig Katyujanka qishlog‘ida Rossiya harbiylari tomonidan er-xotin, ularning 14 yoshli qizi va oilaning kattasi bo‘lgan keksa otaxon o‘z uyiga kirayotganda otib tashlangan.
Oliy komissar yuzlab tibbiyot, ta’lim muassasalari va minglab turarjoylar vayron etilganini ham taassuf bilan qayd etgan.
YUNISЕF ijrochi direktori Umar Umar Abdi esa bolalar jabr ko‘rayotganini urushning eng katta fojiasi deb atagan.
«Birgina o‘tgan oyda BMT 100 nafar bola halok bo‘lgani haqida ishonchli ma’lumotlarni qo‘lga kiritdi. Afsuski, bu raqamlar yanada yirikroq bo‘lishi mumkin. Ko‘plab bolalar jarohatlandi. Millionlab kishilar boshpanasini tark etib, darbadarlikka mahkum etildi», – deydi YUNISЕF ijrochi direktori.
Muhokamalar yakunida BMT Inson huquqlari kengashi Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlarini tergov qilish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qildi. Kengashga a’zo 33 mamlakat bu qarorni qo‘llab-quvvatladi, 12 davlat ovoz bermaslikni ma’qul ko‘rdi. Xitoy va Eritreya esa rezolyutsiyaga qarshi chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi