Foto: Reuters.
AQSHning Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridagi supermarketda sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi halok bo‘lgan. Politsiya buni irqiy nafratdan kelib chiqqan jinoyat deya hisoblamoqda.
Voqea joyida 18 yoshli yigit qo‘lga olingan. Politsiya hali uning ismini oshkor qilmagan. Gumonlanuvchi shanba kuni tushdan keyin gavjum supermarketga kirib, o‘t ochgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u hujumni onlayn translyatsiya qilish uchun kameradan foydalangan.
«Biz bu voqeani irqiy sabablarga ko‘ra zo‘ravonlik ekstremizmi sifatida tekshirmoqdamiz», deydi Buffalodagi FQB vakili Stiven Belongia matbuot anjumanida.
Gumonlanuvchi shaharning asosan qora tanli aholi yashaydigan hududiga yetib borish uchun bir necha soat yo‘l bosib kelgani aytilmoqda. Buffalo politsiyasi komissari Jozef Gramaglianing aytishicha, qurbonlarning aksariyati afro-amerikalikdir. Shuningdek, supermarketning uch xodimi jabrlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi