23:17 / 15.05.2022
1 475

Serbiya prezidenti: «Rossiyaga sanksiya kiritmaslik uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»

Serbiya prezidenti: «Rossiyaga sanksiya kiritmaslik uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»
Foto: TASS
Serbiya hukumati Rossiyaga nisbatan sanksiyalarga qarshi turish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich aytgan.

«Ha, bu bizga qimmatga tushadi. Kapital bozoriga chiqa olmay, oqibatda qarzlarimizni to‘lolmaymiz. Ular Vuchich sanksiya kiritilishiga ishora qilmoqda, deyayotgandir, ammo bunday emas. Rossiyaga qarshi sanksiya kiritmaslik og‘ir bo‘ladi, ammo chidaymiz. Chunki biz mustaqil davlatmiz», deb Vuchichning so‘zlarini keltirgan TASS.

Vuchichning aytishicha, mamlakat iqtisodiyoti 100 foiz Rossiya gaziga bog‘liq, shu sabab gaz bo‘yicha bo‘lajak muhokamalarda «kelishilgan narxlarga» umid qiladi. Oldinroq millatga murojaat qilgan Serbiya prezidenti mamlakat Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llash bilan bir vaqtda Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmasligini aytgandi. «Rossiya va Ukraina biz uchun birodar davlatlar», degandi Vuchich.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya prezidenti: «Rossiyaga sanksiya kiritmaslik uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz»