20:41 / 16.05.2022
2 386

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari NATO uchun «bevosita tahdid» paydo qilishga va’da berdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari NATO uchun «bevosita tahdid» paydo qilishga va’da berdi
Foto: Andrey Lyubimov / RBK
Rossiya NATOning yangilangan strategiyasiga Rossiyadan «bevosita tahdid» bo‘lishi mumkinligi haqida band kiritilishi borasidagi «yuqori bahosi»ga munosib bo‘ladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov aytdi.

«Ushbu yuqori bahoda turish uchun ularga nisbatan bevosita tahdid paydo qilamiz», — dedi diplomat.

Ryabkov Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishi masalasida hozircha kutib turish kerakligini aytdi.

«So‘ngra buning oqibatlarini amaliy, moddiy nuqtai nazardan tahlil qilamiz va shundan keyingina bu mavzuda so‘z yuritish mumkin», — dedi u.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken NATOning yangilangan strategik konseptsiyasida Rossiyaning har qanday ko‘rinishdagi «tajovuzi»ni tiyib turish aks etishini ma’lum qilgandi.

NATO strategik konseptsiyasi oxirgi marta 2010 yil noyabrda yangilangandi.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, agarda Rossiyaning tashqi siyosati o‘zgarmasa, NATO Moskvaning harakatlarini bevosita tahdid deb baholashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari NATO uchun «bevosita tahdid» paydo qilishga va’da berdi