09:09 / 18.05.2022
1 160

Ilon Mask Twitter rahbariga qanday shart qo‘ydi?

Ilon Mask Twitter rahbariga qanday shart qo‘ydi?
Foto: «Caliber»
SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask ijtimoiy tarmoq rahbari Parag Agravaldan servis foydalanuvchilari akkauntlarining 5 foizidan kam qismi feykligi haqida ma’lumot olmagunicha Twitter xaridi bo‘yicha bitim tugallanmasligini bildirdi.

«Feyk va spam akkauntlar 20 foizni tashkil etishi haqida ma’lumot oldim, bu Twitter tasdiqlaganidan to‘rt baravar ko‘p. Balki bundan ham ko‘pdir», — deb yozdi Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

16 may kuni Agraval ijtimoiy tarmoqdagi feyk (soxta) akkauntlar 5 foizdan kamligini isbotlovchi dalillarni taqdim etishdan bosh tortganidan so‘ng, tadbirkor kompaniya rahbariga ana shunday ommaviy ultimatum qo‘ydi.

«Mening birinchi taklifim Twitter AQSH qimmatbaho qog‘ozlar komissiyasiga taqdim etgan ma’lumotlar to‘g‘riligiga asoslangan edi. Agraval ma’lumotlarni ochiqlamas ekan, bitim tuzilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas», — dedi Mask.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Twitter rahbariga qanday shart qo‘ydi?