Foto: Reuters
Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov Mariupoldagi «Azovstal» zavodi hududida qamalda bo‘lgan ukrainalik harbiylar asirlikka taslim bo‘la boshlaganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar 16 maydan taslim bo‘lishni boshlagan. Bir kunda «Azovstal»dan 265 kishi, shu jumladan, 51 nafar og‘ir yarador chiqqan.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakili jarohatlanganlarga DXR kuchlari tomonidan nazorat qilinuvchi Novoazovsk kasalxonasida yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi. Asirdagi qolgan askar qayerdaligiga aniqlik kiritmadi.
Ayni vaqtda OAVlar «Azovstal»dan ukrain harbiylarining yangi guruhi chiqib ketganini ma’lum qilmoqda.
Reuters agentligi guvohlardan biriga tayanib xabar berishicha, asirlikka taslim bo‘lgan ukrain harbiy xizmatchilaridan iborat kamida yettita avtobus Mariupoldan chiqib ketgan.
Agentlik, shuningdek, Z yozuvi tushilgan zirhli texnika hamrohligidagi avtobuslar karvoni suratini ham e’lon qildi. Fotosuratga yozilgan izohda uning 17 may kuni olingani aytilgan.
Reuters manbasiga ko‘ra, avtobuslardagi harbiylarning hammasi ham yarador bo‘lib ko‘rinmagan.
Taslim bo‘lgan ukrain harbiylaridan iborat deb taxmin qilinayotgan avtobuslar «Azovstal»dan chiqib ketgani haqida «RIA Novosti» ham yozgan. Agentlik qayd etishicha, avtobuslar harakati boshlanishidan bir necha soat avval zavod joylashgan hududda o‘q va portlash tovushlari eshitilmagan.
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 17 mayga o‘tar kechasi Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan harbiylarni «qutqarish operatsiyasi» o‘tkazilganini ma’lum qilgandi, u yerdan 264 kishi chiqarib ketilgan. Ular «ayirboshlash jarayoni orqali» Ukrainaga yuborilishi aytilgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida «ukrain qahramonlari Ukrainaga sog‘-omon holda kerak»ligini va ularni qaytarish ishlari «ehtiyotkorlik va vaqt talab qilishi»ni ta’kidlagandi.
Ukrainalik harbiylar «Azovstal»ni qariyb 2 oy mobaynida ushlab turgan. Rossiya prezidenti aprel oxiridayoq zavodga hujumlarni to‘xtatib, uni qamalga olishni buyurgandi, ammo o‘t ochishlar davom ettirilgan. Zelenskiy Mariupoldagi ukrain harbiylarining o‘ldirilishi Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga nuqta qo‘yishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar