
Foto: RBK
Turkiya parlamenti yig‘ilishida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zini xususiy «Sadat» harbiy kompaniyasiga homiylik qilishda ayblagan muxolifatchi Xalq-respublikachilar partiyasi (XRP) yetakchisi Kemal Qilichdoro‘g‘liga «Navbatdagi yolg‘oning o‘tmaydi», dedi.
«Kompaniya rahbarlari bilan hech qanday aloqam yo‘q. Bu haqda gapirish — hurmatsizlik ko‘rsatish», — dedi Erdo‘g‘on.
Erdo‘g‘onning aytishicha, «Sadat» — sobiq mustamlaka mamlakatlarida ishlayotgan kompaniya.
Yaqinda XRP ushbu xususiy harbiy kompaniyani suritirish uchun Turkiya parlamentiga so‘rov kiritgandi. Muxolifatchilarning nazarida, bu kompaniya Turkiya hukumati bilan aloqador bo‘lib, 2023 yilning iyuniga belgilangan saylovga aralashishni reja qilgan.
O‘z navbatida, «Sadat» barcha ayblovlarni inkor qilib, o‘z sha’nini sudda himoya qilishini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar