15:19 / 19.05.2022
1 373

Jorj Bush Iroq va Ukrainani chalkashtirib yubordi

Jorj Bush Iroq va Ukrainani chalkashtirib yubordi
AQSH sobiq prezidenti kichik Jorj Bush Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi va nutqida Ukraina va Iroqni chalkashtirib yubordi.

«Saylovlar qalbakilashtirilgan. Siyosiy raqiblar qamoqqa tashlanadi yoki ovoz berishlari man etiladi», - degan Bush Rossiyadagi vaziyat haqida.

U siyosiy avtoritarizm Rossiyaning Kiyevga qarshi urushi boshlanishiga sabab bo‘lganini aytgan, biroq tasodifan «Ukraina» o‘rniga «Iroq» so‘zini ishlatgan.

«Natijada, Rossiyada nazorat va muvozanat tizimi mavjud emas. Va bir kishining Iroqqa mutlaqo asossiz va shafqatsiz bosqinni boshlash haqidagi qarori .... Men Ukrainani nazarda tutyapman», deya darrov so‘zini tuzatgan AQSH sobiq prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 2000-2008 yillarda AQSHni boshqargan Jorj Bush 2003 yilda AQSH qo‘shinlarining Iroqqa kirishi va Saddam Xusayn rejimini qulashi tashabbuskori bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jorj Bush Iroq va Ukrainani chalkashtirib yubordi