12:41 / 20.05.2022
1 512

Britaniya Ukrainaga artilleriya, dronlar va kemalarga qarshi raketalar yetkazib beradi

Britaniya Ukrainaga artilleriya, dronlar va kemalarga qarshi raketalar yetkazib beradi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbatida mamlakatga yangi qurol-yarog‘ yetkazib berilishini kelishib oldi. Yangi yordam paketiga uzoq masofaga zarba beradigan artilleriya, dronlar va kemalarga qarshi raketalar kiritilgan. Harbiy ko‘makning umumiy miqdori 1,3 milliard funtni tashkil qiladi.

«Ukraina prezidenti mamlakat mudofaasi uchun yetkazib berilayotgan yordamlar, xususan, uzoq masofadan zarba beradigan artilleriya, «sohil-kema» raketalari va dronlar haqida axborot berdi. Bu umumiy miqdori 1,3 milliard funt sterlinglik Ukrainaga qo‘shimcha yordam paketimizning bir qismi»,— deya yozgan Jonson Twitter’da.

Uning so‘zlariga ko‘ra,, Jonson Zelenskiy bilan Buyuk Britaniyadagi ukrainalik qochoqlarga yordam berish va oziq-ovqat yetishmovchiligi muammoasini hal etishni muhokama qilgan. Buyuk Britaniya bosh vaziri mamlakatlarning Ukrainaga bug‘doy yetkazib berish uchun dengiz va quruqlikdagi yo‘llarni ochish variantlari ko‘rib chiqilayotganini ham qayd etgan. Shuningdek, u Buyuk Britaniyaning Ukrainadan 50 mingga yaqin qochoqlar qabul qilinganini yozgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Ukrainaga artilleriya, dronlar va kemalarga qarshi raketalar yetkazib beradi