Italiya hukumati Ukrainadagi urushni tugatish imkonini beruvchi rejani tayyorladi, deb yozadi Meduza. Hujjatni 18 may kuni Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga taqdim etdi. 19 may kuni uning matni bir qator nashrlar tomonidan e’lon qilindi.
Reja nizoni tartibga solishga BMTni, vositachi mamlakatlarni (aynan qaysilari ekaniga aniqlik kiritilganicha yo‘q), tinchlikparvar kuchlarni va kuzatuvchilar missiyasini jalb qilishni ko‘zda tutadi.
Tinch yo‘l bilan tartibga solish jarayonini Italiya to‘rtta bosqichda amalga oshirishni taklif qilmoqda:
- Birinchi bosqich — o‘t ochishni to‘xtatib, front chizig‘idan qo‘shinlarni olib ketish.
- Ikkinchi bosqich — Ukrainaning NATOga qo‘shilmasligi kafolatlangan holda, Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishi (bir qator qo‘shimcha shartlar va majburiyatlar bilan).
- Uchinchi bosqich — Qrim va Donbass bo‘yicha Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuv. Italiya rejasi «bahsli hududlar» to‘liq muxtoriyatga ega bo‘lishini nazarda tutadi, shu jumladan, o‘z xavfsizligini ta’minlash sohasida, ammo ayni vaqtda Ukraina suvereniteti saqlanib qoladi.
- To‘rtinchi bosqich — Yevropada tinchlik va xavfsizlik haqida ko‘p tomonlama bitim tuzish.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Italiya rejasini izohlash haqidagi iltimosga binoan shunday dedi: «Hozircha biz, afsuski, ushbu reja tafsilotlarini bilmaymiz, bu qandaydir diplomatik kanallar orqali yetkazilgan-yetkazilmagani menga noma’lum, biz bu haqda OAVlardan xabar topdik».
Shu bilan birga Peskov qo‘shimcha qilishicha, «vaziyatni tartibga solishga yordam bera oladiganlarning barchasi ishtirokini ma’qullaymiz, bunday samimiy sa’y-harakatlarni hech kim rad etmayapti».
19 may kuni jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Ukraina hududlari aholisining o‘zigina «bundan keyin qanday va kim bilan yashamoqchiligini» hal qilishini aytdi. Avvalroq Rossiya va Ukraina manbalari Rossiya qo‘shinlari egallagan Xerson viloyatida xalq respublikasini tuzish haqida referendum o‘tkazishga tayyorlanilayotganini ma’lum qilgandi.
Fevral oyida Rossiya o‘z-o‘zini xalq respublikalari deb e’lon qilgan Lugansk va Donetskni tan olib, ular bilan do‘stlik va o‘zaro yordam haqida shartnomalar imzolagandi. LXR va DXR rahbarlari tomonidan so‘ralgan «Ukraina tajovuziga qarshi kurashda yordam» bostirib kirish uchun rasmiy sababga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar