Bugungi kunda lazer quroli imkoniyati va undan jangovar foydalanish taktikasi – eng katta sir, lekin uning uchuvchisiz apparatlarni bir soniyada yo‘q qilish imkoniyati tasdiqlangan.
Ukrainadagi maxsus operatsiyada Rossiyaning jangovar lazerlaridagn foydalanishi- NATO davlatlarining qo‘g‘irchoq Kiyev rejimiga harbiy yordami kuchayib borayotganining tabiiy natijasi, deydi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.
Moskva yangi avlod lazer tizimlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatish bilan - AQSH va uning ittifoqchilarini havo va kosmosdagi qimmatbaho elektron va optik razvedka uskunalarini, shu jumladan Pentagonning uzoq orbitalardagi sun’iy yo‘ldoshlarini ham bir zumda yo‘q qilish imkoniyati borligini eslatib o‘tdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov 18-may kuni Ukrainada dushmanning 5 km masofada uchuvchisiz uchish apparatini besh soniyada yo‘q qilishga (yondirishga) qodir bo‘lgan yangi avlod “Zadira” jangovar lazer tizimidan foydalanilanishi haqida ma’lum qildi. Bu jangovar vaziyatda lazer qurolidan muvaffaqiyatli foydalanish haqidagi dunyodagi birinchi bayonot bo‘ldi.
Bosh vazir o‘rinbosarining aniqlik kiritishicha, “Zadira” “amalda ketma-ket” ishlab chiqarilmoqda va turli lazer tizimlari Rossiya armiyasida xizmatga kiritilmoqda. Yangi jismoniy prinsiplarga asoslangan tizimlar ham ishlab chiqarilish yo‘lda. Mavzu anchayin maxfiy, shunga qaramay Yuriy Borisov “Peresvet” majmuasining qudrati haqida so‘zlab berdi. “Peresvet” lazer zarbasi bilan Yerdan 1500 km balandlikdagi barcha dushman razvedka sun’iy yo‘ldosh tizimlarini yo‘q qilish (safdan chiqarish) imkonini beradi.
Avvalroq Borisov kompleksning energetik o‘rnatmalarining sirlarini ozroq ochib bergan edi: “Bizning yadro olimlarimiz dushmanning tegishli qurollarini deyarli bir lahzada, bir necha soniya ichida yo‘q qilish uchun zarur energiyani jamlashni o‘rganishdi”. Taxminlarga ko‘ra, “Peresvet” lazeri uchun yuqori aniqlikdagi “optik ko‘rish” maxsus muhandislik konstruktorlik byurosida yaratilgan SM-890 mobil teleskopidir. Uning “O‘q”ini tutib bo‘lmaydi, nishonga bir zumda yetib boradi.
2017-yilda foydalanishga topshirilgan mobil “Peresvet” 2018-yil 1-dekabrdan buyon jangovar navbatchilikda bo‘ldi. 2019-yil oxirida Rossiya Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov xorijiy harbiy diplomatlar bilan uchrashuvda lazer majmuasining jangovar navbatchiligi “manevr harakatlarini to‘sish vazifasi bilan yerda joylashgan mobil raketa tizimlarining pozitsiyali hududlarida” tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tgan.
Havoga qarshi mudofaasi tizimiga qo‘shimcha ravishda, 2020 yil bahorida “Peresvet” Suriyadagi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi (lazer ispulsi bilan qamashishda, TERCOMboshqaruv tizimining nishoni bilan optik aloqa yo‘qotilganda, Amerikaning “Tomagavka”lari o‘zini o‘zi yo‘q qiladi).
Shunga qaramay, 18-may kuni Yuriy Borisov ushbu yuqori texnologiyali mo‘’jizaviy qurolni “kechagi kun” deya baholadi. Rossiyaning “yangi jismoniy prinsiplar”ga asoslangan komplekslari mudofaa va xavfsizlik sohasiga qanday ustunlik berishini faqat taxmin qilish mumkin.
Sirli “Zadira”
Eng so‘nggi “Zadira” lazer tizimi seriyali ishlab chiqariladi, qo‘shinlarga yetkazib beriladi va 5000 metr masofada dronlarni yondirib yubora oladi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, mahsulot mobil va ixcham bo‘lib, front chizig‘iga yaqin joylashgan dushman (Ukraina Qurolli Kuchlari va NATO) e’tiborini tortmaydi.
Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi 2017 yilning yozida Rossiya Federal Yadro markazida yangi jismoniy tamoyillar asosida “Zadira-16” jangovar kompleksini ishlab chiqishga buyruq bergani ham ma’lum. Ya’ni, rivojlanish “Peresvet”ga muqobil yo‘nalish bo‘ylab harakatlanardi.
Eng so‘nggi qurollardan jangovar foydalanish salohiyati va taktikasi – eng katta maxfiylikdir. Shunga qaramay, dushman harbiy dengiz kuchlarida qanotli raketalar va “stels” samolyotlarning ko‘pligi shuni taxmin qilishga imkon beradiki, “Zadira” va uning “aka-ukalari” nafaqat dronlarni yo‘q qilish uchun yaratilganini va shu bilan birga 5000 metr ular uchun maksimal masofa emasligini ham ko‘rsatadi.
Lazer kompleksining aviatsiya va dengiz tashuvchilari bilan integratsiyasi mantiqiy ko‘rinadi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, optik boshli “yer-havo” va “havo-havo” raketalari shikastlanishidan himoya qilish maqsadida strategik, taktik va armiya samolyotlarini lazer tizimlari bilan jihozlash variantlari ishlab chiqilmoqda.
Alohida istiqbolli yo‘nalish - bu Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining kosmik kemalarining o‘sib borayotgan turkumi. Bugun yana bir harbiy sun’iy yo‘ldosh “Kosmos-2556” orbitaga chiqarildi.
Rossiya lazer qurollari bugungi kunda katta imkoniyatlarga ega va ertangi kun uchun ham yanada ixcham va kuchliroq bo‘lishi kerak. Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq shunday ta’kidlagan edi: “Bunday jangovar tizimlarning borligi Rossiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi imkoniyatlarni, xususan, ko‘pligini oshiradi".
Ta’qidlash joiz, AQSH va NATOda bunga o‘xshash komplekslar yo‘q. Amerikaliklar o‘n yillar davomida dengiz va havoga asoslangan jangovar lazer loyihalari bilan shug‘ullanadi, ammo seriyali ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan natijalarga erisha olmadi.
Oq uy qo‘g‘irchoq Kiyev rejimiga avval va’da qilingan M270 MLRS va M142 HIMARS 300 kmgacha zalp olovli reaktiv raketa tizimlarini Rossiya Federatsiyasi hududi bo‘ylab qo‘llanilishidan va mojaroning cho‘zilishidan qo‘rqib, yetkazib berishdan bosh tortmoqda.
So‘nggi bir necha oy ichida AQSH ittifoqchilarining omborlarini tintuv qilib, yashirincha (Sharqiy Yevropa mamlakatlari orqali) Ukrainaga sovet davrida ishlab chiqarilgan eski RSZOdan boshqa hech narsa taqdim etmadi.
Amerikaliklar Yevropada mojaroning haddan tashqari kuchayishi va AQSH va NATO hududiga yuqori texnologiyali qurol bilan javob zarbasi berilishidan qo‘rqishadi. Yoki Pentagonni razvedka va navigatsiya sun’iy yo‘ldoshlar tizimi yo‘q ilinishidan. Hatto Kiyev rejimiga 40 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qilish ham Kongressja ularda qo‘rquv o‘yg‘otdi.
O‘ylashimcha, Vashington va Bryussel Rossiyaning Ukraina hududidagi yuqori texnologiyali lazerli ogohlantirishini to‘g‘ri tushunishgan. Rossiya Federatsiyasining maxsus harbiy operatsiyasi tizimli ravishda rivojlanmoqda, Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish vazifalari hujumkor tarzda hal qilinmoqda. Har qanday to‘siqlar qat’iy va yuqori texnologiyalar bilan bartaraf etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar