18:33 / 21.05.2022
3 030

O‘zbek-qirg‘iz chegara punktida dahshatli avariya sodir bo‘ldi

O‘zbek-qirg‘iz chegara punktida dahshatli avariya sodir bo‘ldi
Bugun, 21 may kuni soat taxminan 15:30larda Qirg‘izistonning Batken viloyati Qadamjoy tumani orqali O‘zbekistonning So‘x tumaniga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklangan treyler mashinasi bilan dahshatli avariya sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, avtotransportning tormozi ishdan chiqib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va Qirg‘iziston «Chechme» chegara o‘tkazish punkti va O‘zbekiston «Chashma» chegara o‘tkazish punkti orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O‘zbekiston va 10 ta Qirg‘iz Respublikasi) avtomashinaga urilib, ularga shikast yetkazgan.

Avtohalokat natijasida, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O‘zbekiston, qolgan 8 nafari Qirg‘iziston fuqarosi) vafot etganlar.

Jarohatlanganlarga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbek-qirg‘iz chegara punktida dahshatli avariya sodir bo‘ldi