Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Anqara Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom oblastidagi voqealarni xavotir bilan kuzatmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “Onado‘lu” agentligi.
Vazirlikning bildirishicha, mazkur voqealar odamlarning, xususan, xavfsizlik kuchlari xodimlarining qurbon va yarador bo‘lishiga olib kelgan.
Turkiya Tojikistonda jamoat tartibi va barqarorlik tez vaqt ichida tiklanishiga umid bildiradi, deyiladi xabarda.
Turkiya TIV halok bo‘lganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamda butun Tojikiston xalqiga hamdardlik bildirgan.
18 may kuni Tojikiston ichki ishlar vazirligi Tog‘li Badaxshonda “aksilterror amaliyoti” boshlanganini xabar qildi. Vazirlik axborotida namoyishchilar “jinoiy guruh” deb aytiladi. Rasmiy xabarda jinoiy guruh deb atalayotgan odamlar xorijiy terroristik guruhlar moliyaviy ko‘magi bilan mamlakatdagi konstitutsion tuzumni ag‘darishga uringani ta’kidlanadi. “Ular “Molotov kokteyllari” va quroldan foydalangan, Tojikiston Davlat xavfsizlik qo‘mitasi maxsus aksilterror bo‘linmasi avtomobiliga hujum qilgan, oqibatda bir nafar ofitser halok bo‘lgan, 13 nafar harbiy yaralangan”, deyiladi rasmiy xabarda.
Namoyishchilar Dushanbe-Xorug‘ yo‘lini to‘sib qo‘yishgan. Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “aksilterror amaliyot” davomida 8 kishi o‘ldirilgan, 11 kishi yaralangan, 70 dan ortiq odam qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar