09:55 / 22.05.2022
1 318

Jo Bayden Kim Chen In bilan uchrashish uchun o‘z shartlarini aytdi

Jo Bayden Kim Chen In bilan uchrashish uchun o‘z shartlarini aytdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden KXDR yetakchisi Kim Chen Inning niyatlari jiddiy bo‘lsagina, u bilan uchrashishga tayyor. Bu haqda u Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi «RBK».

«Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashish-uchrashmasligimga kelsak, bu uning qanchalik samimiyligi va niyatining jiddiyligiga bog‘liq», — dedi Bayden.

Vashington Pxenyanga mamlakatda kasallik avj olishiga qarshi kurash uchun koronavirus vaksinasini taklif qilgandi, ammo AQSH hech qanday javob olmadi, dedi prezident.

Ayni paytda KXDRda «noma’lum bezgak» alomatlari aniqlangan bemorlar soni qariyb 2,5 millionga yetgan.

Fevral oyida Janubiy Koreyaning o‘sha paytdagi prezidenti Mun Chje In Bayden va Kim Chen Inning uchrashuvini «vaqt ko‘rsatishi»ni aytgandi. «Muloqot — muammolarni hal qilishning yagona usuli bo‘lgani tufayli, oxir-oqibat prezident Bayden va rais Kim o‘rtasida uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda», — degan edi u.

Bloomberg yozishicha, aprelda AQSHning KXDR bo‘yicha maxsus vakili Sun Kim Oq uy shu paytgacha oldindan shart qo‘ymasdan muloqot o‘tkazishga qaratilgan ko‘plab da’vatlariga javob olmaganini ta’kidlagandi. «Umid qilamizki, shimoliy koreyaliklar bizning jiddiy va davomli muloqotga taklifimizni qabul qiladi», — degan edi u va Vashington Pxenyanning «Koreya yarim orolidagi vaziyat bo‘yicha» har qanday jiddiy takliflarini o‘rganib chiqishga tayyorligini qayd etgandi.

KXDRning AQSH bilan jiddiy muzokaralarga tayyorligidan darak beruvchi belgilar yo‘qligi haqida Amerika prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham aytib o‘tgandi.

Tramp hamda Kim Chen In uch marta uchrashgan. Birinchi uchrashuv 2018 yil 12 iyunda Singapurda o‘tkazilgan va ikki davlat rahbarlari Koreya yarimorolida yadro qurolidan foydalanmaslik haqidagi deklaratsiyani imzolagan. Keyingi muzokaralar 2019 yil Vetnamda bo‘ldi va hech qanday hujjat imzolanmasidan oldin yakuniga yetdi. Shuningdek, Tramp va Kim Chen In bir necha marta xatlar orqali ham ma’lumot almashgan. Keyinchalik Shimoliy Koreya raketalar sinovini boshladi va bu AQSH hukumatining noroziligiga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden Kim Chen In bilan uchrashish uchun o‘z shartlarini aytdi