Foto: AP
Osiyo davlatlariga tashrif buyurayotgan AQSH prezidenti Jo Bayden Vashington Shimoliy Koreya tomonidan ehtimoliy yangi harbiy texnika sinovlariga tayyor ekanini aytdi. «Biz Shimoliy Koreya qiladigan hamma narsaga tayyormiz. Biz ular qilayotgan hamma narsaga qanday javob berishimiz haqida o‘ylab ko‘rdik», - deya 22 may, yakshanba kuni AQSH prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP axborot agentligi.
Jurnalistlarning Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga xabar yuborish istagi bormi, degan savoliga javob berar ekan, u ikki so‘z bilan cheklandi: «Salom. Nuqta».
Qo‘shma Shtatlar bir necha haftadan beri Shimoliy Koreya 2017 yildan beri ilk bor yadroviy sinov o‘tkazishi mumkinligi haqida ogohlantirib kelyapti. Xalqaro izolyatsiyada bo‘lgan va qattiq sanksiyalarga uchragan mamlakat so‘nggi oylarda qator raketa sinovlarini o‘tkazdi. Baydenning Osiyoga safari chog‘ida yadro quroli sinovi o‘tkazilishi mumkinligi borasida xavotirlar bor edi.
Juma kuni AQSH prezidenti Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi va u yerda janubiy koreyalik hamkasbi Yun Suk Yol bilan KXDRni tiyib turish uchun qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Shu bilan birga, siyosatchilar Shimoliy Koreya rahbariyatiga koronavirus infeksiyasi tarqalishi munosabati bilan yordam taklif qildi. 22 may kuni Bayden Yaponiyaga borib, bosh vazir Fumio Kisida va imperator Naruxito bilan uchrashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda