Foto: AFP
Agar zarurat tug‘ilsa, AQSH Tayvanni harbiy yo‘l bilan himoya qilishga tayyor. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida bilan birga o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Ha, bu majburiyatni zimmamizga olganmiz", - dedi u jurnalistning AQSH Tayvanni harbiy yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligi borasida bergan savoliga javoban.
Bayden AQSH "bir Xitoy" siyosatiga roziligini, ammo orolning maqomi kuch bilan o‘zgartirilishi mumkin emasligini ta’kidladi.
"Bu Ukrainadagiga o‘xshagan navbatdagi harakat bo‘ladi", - dedi u.
Xitoy uning bu so‘zlariga e’tiroz bildirdi. XXR tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin AQSHni “bir Xitoy” siyosatiga rioya qilishga chaqirdi.
«Xitoy Amerika tomonining bayonoti munosabati bilan keskin norozilik va qat’iy protest bildiradi. Tayvan Xitoyning ajralmas qismi hisoblanadi»,— dedi Venbin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda