23:38 / 23.05.2022
2 362

“O‘z yurtimdan hech qachon bunchalik uyalmagandim” — rossiyalik diplomat isyonli iste’fo berdi

“O‘z yurtimdan hech qachon bunchalik uyalmagandim” — rossiyalik diplomat isyonli iste’fo berdi
Foto: Mark Henley / Panos Pictures
BMTning Jenevadagi ofisida Rossiya missiyasi maslahatchisi sifatida ishlab kelgan diplomat Boris Bondarev Ukraina bilan urush tufayli iste’fo berganini ma’lum qildi.

Bo‘ldi, yetar. 20 yillik diplomatik faoliyatim davomida tashqi siyosatdagi turli burilishlarni ko‘rdim, lekin o‘z mamlakatimdan shu yil 24 fevraldagichalik hech uyalmagan edim. Putin tomonidan Ukrainaga, aslida esa butun G‘arb olamiga ochilgan agressiv urush – nafaqat ukrain xalqiga qarshi jinoyat, balki ehtimol Rossiya xalqiga nisbatan sodir etilgan eng og‘ir jinoyat hamdir, hamonki mamlakatimizda farovon va erkin jamiyat qurish umidlari va istiqbollarining ustiga semiz Z harfi bilan to‘siq qo‘yilyapti.

Bu urushni o‘ylab topganlar faqat bir narsani: umrbod hokimiyatda qolish, hashamatli va didsiz saroylarda yashash, og‘irligi tonnalarda o‘lchanadigan va narxi butun Rossiya flotining narxiga teng yaxtalarda suzish, cheklanmagan hokimiyat va mutlaq jazosizlikdan lazzatlanishni istaydi. Bunga erishish uchun ular qancha kerak bo‘lsa, shuncha qurbon berishga tayyor. Minglab rossiyaliklar va ukrainaliklar allaqachon faqatgina shuning uchun o‘lib ketishdi
”, – deya yozgan u LinkedIn'dagi sahifasida.

Bondarev o‘z postida RF TIV tizimida “yolg‘on va noprofessionallik” ko‘lami muntazam kengayib borayotgani, tizim 1930 yillardagi sovet nashrlari ruhida propaganda bilan mashg‘ul bo‘lib qolganini ta’kidlagan.

Bugun Tashqi ishlar vazirligi diplomatiyaning joyi emas. Urushni oqlash, yolg‘on va nafrat makoniga aylangan. U kam, juda kam sonli odamlarga xizmat qilyapti, shu orqali yurtimning yanada izolyatsiyaga tushishiga va degradatsiyaga uchrashiga hissa qo‘shyapti. Ortiq Rossiyaning ittifoqchisi yo‘q, bunga oqibati o‘ylanmagan noto‘g‘ri siyosatdan boshqa sabab yo‘q.

Men diplomat bo‘lishga o‘qiganman va 20 yil davomida diplomat sifatida faoliyat yuritdim. Vazirlik mening uyim va oilamga aylanib qolgandi. Biroq bu qonli, aqlsiz va mutlaqo keraksiz sharmandalikka ortiq sherik bo‘lolmayman
”, degan diplomat.

Boris Bondarev 23 may kuni hamkasblariga xat yo‘llab, unda uch oy oldin ishdan bo‘shashi kerak bo‘lgani, lekin “kechiktirib bo‘lmas oilaviy yumushi” bo‘lgani sabab bunday qilolmaganini yozgan. Jenevadagi diplomatlar rus dipmissiyasi vakilidan shunday xat olishganini tasdiqlashgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “O‘z yurtimdan hech qachon bunchalik uyalmagandim” — rossiyalik diplomat isyonli iste’fo berdi