08:26 / 24.05.2022
1 930

Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti Panjsherda «Tolibon»ning 20 nafar a’zosini o‘ldirdi

Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti Panjsherda «Tolibon»ning 20 nafar a’zosini o‘ldirdi
Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti jangchilari
Foto: Aamaj News

Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti bo‘linmalari shimoliy Panjsher viloyatida operatsiya o‘tkazdi va uning davomida «Tolibon» harakatining 20 dan ortiq jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda 22 may kuni Milliy qarshilik frontining tashqi aloqalar boshqarmasi rahbari Ali Maysam Nazariy Aamaj News agentligiga ma’lum qildi.

«Bizning kuchlarimiz Hasarek mintaqasida (Panjsher viloyati) qarshi hujumga o‘tib, dushman pozitsiyalariga hujum qildi. Front jangchilari ‘Tolibon’ga zarar yetkazishga muvaffaq bo‘ldi», — dedi Nazariy.

Uning aytishicha, Panjsherda to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Agentlik, shuningdek, «Tolibon» muvaqqat hukumati mudofaa vaziri Muhammad Yoqubning Kobuldan Afg‘oniston shimoliga yo‘l olgani haqida xabar berdi Avvalroq Panjsher, Bag‘lon va Taxar viloyatlarida «Tolibon»ning qo‘shimcha bo‘linmalari joylashtirilgan edi. Panjsherda ularning soni 5 ming kishiga yetkazilgan.

O‘z navbatida «Tolibon» tashqi ishlar vaziri Amir Xon Mo‘ttaki Afg‘oniston shimolidagi vaziyat keskinlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Panjsherda hech qanday qurolli qarshilik mavjud emas», — dedi u.

Mo‘ttakining so‘zlariga ko‘ra, Kobulda ham so‘nggi paytlarda xavfsizlik bilan bog‘liq hech qanday hodisa kuzatilmagan.

19 may kuni Anqarada surgundagi 40 nafar afg‘on siyosiy va harbiy arboblari ishtirokida Milliy qarshilik ko‘rsatish oliy kengashining tashkil etilgani yuzasidan fikr bildirar ekan, Mo‘ttaki «mamlakat tashqarisidagi xayoliy tashkilotlar ‘Tolibon’ rahbariyatini xavotirga solmaydi», deb ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston Milliy qarshilik fronti Panjsherda «Tolibon»ning 20 nafar a’zosini o‘ldirdi