11:20 / 24.05.2022
1 664

Erdo‘g‘on «Ukraina bo‘yicha shou»da Turkiya qatnashmayotganini ma’lum qildi

Erdo‘g‘on «Ukraina bo‘yicha shou»da Turkiya qatnashmayotganini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Anqara «Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish haqidagi shou»da qatnashish o‘rniga Kiyevga amaliy yordam ko‘rsatdi, degan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya bir vaqtning o‘zida Rossiya bilan munosabatlarni ham rivojlantirmoqda.

«Biz Ukrainadagi inqirozni hal eta olmagan shouda qatnashish o‘rniga, o‘t ochishga barham berish va tinchlik o‘rnatish borasida amaliy yordam berishga intildik», — degan Turkiya prezidenti hukumat majlisida («TASS» iqtibosi).

«Anqara Kiyevga jiddiy, aniq va foydali yordam bergan, Rossiyaga ham bu boradagi pozitsiyamizni qo‘rqmay bayon etganmiz», — deya qayd etgan u.

Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiyani boshlaganidan beri Turkiya Moskva hamda Kiyev o‘rtasidagi urushga barham berish uchun vositachilik qilishga urinmoqda. Turkiya prezidenti bir necha marta Ukraina va Rossiya davlat rahbarlari Vladimir Zelenskiy hamda Vladimir Putin uchrashuvini tashkillashtirishga intilgan.

11 aprelda Erdo‘g‘on Turkiyaning Rossiya va Ukraina nizosini to‘xtatish uchun barcha shart-sharoitlarni hozirlashga tayyorligi, ikki davlat o‘zaro nizoni muzokaralar bilan hal etishi kerakligini ta’kidlagan. 30 aprelda Turkiya davlat rahbari Anqaraning BMT boshchiligidagi guruh bilan birgalikda Ukrainaga gumanitar yordam taqdim qilishga tayyorligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on «Ukraina bo‘yicha shou»da Turkiya qatnashmayotganini ma’lum qildi