16:45 / 24.05.2022
1 358

Urushning 89-kuni: Donbassda harbiy harakatlar davom etmoqda, Xarkovda un uchun navbat

Urushning 89-kuni: Donbassda harbiy harakatlar davom etmoqda, Xarkovda un uchun navbat
Rossiya Donbassda yurish qilishda davom etmoqda. 23 may kuni kechqurungi murojaatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rossiyalik harbiylar ayniqsa Bahmut, Popasnaya va Severodonetsk yo‘nalishlarida faol harakatlanayotganini aytdi. Xarkov yo‘nalishida Rossiya chekinmoqda, ammo Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, avval egallangan pozitsiyalarni saqlab qolish uchun harbiy harakatlarni davom ettirmoqda.

Mariupolda epidemiya xavfi ortmoqda: shahar meri maslahatchisi Petro Andryushchenkoning so‘zlariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar shaharga chiqindi va jasad zahrini tarqatmoqda. Kiyev sudida rossiyalik serjant Vadim Shishimarin tinch aholi vakilini o‘ldirgani uchun umrbod qamaldi.

Britaniya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya urushning uch oyida SSSR Afg‘onistonda to‘qqiz yil davomida yo‘qotganidan ko‘proq harbiysidan ayrilgan bo‘lishi mumkin. BMT hisoblariga ko‘ra, tarixda ilk bor dunyo bo‘ylab qochqinlar soni 100 million kishidan oshdi.

Quyida 23 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Donbass shimoli

Lisichansk atrofi — bu shahar Donbass uchun janglardagi eng qaynoq nuqtaga aylangan. 23 may kungi kechqurungi murojaatida prezident Volodimir Zelenskiy shunday dedi: «Donbassda hozir vaziyat juda og‘ir. Bahmut, Popasnaya, Severodonetsk — rossiyalik harbiylar shu yo‘nalishlarda ayniqsa faol harakatlanmoqda. Hech kim Donbassni rossiyalik harbiylar qilayotganidek vayron qilmagan»
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Lisichansk yaqinida Ukraina armiyasining shikastlangan zirhli texnikasi oldida turgan ukrainalik harbiy. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Donbass uchun janglarda Rossiya armiyasida ukrainlarnikiga qaraganda 20 barobar ko‘p texnika qatnashmoqda.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Lisichansk yaqinida zarbaga uchragan «Jiguli» oldida turgan ukrainalik harbiy
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA


Donetsk oblastidagi Bahmut shahrida zarbalardan yashirinayotgan paramediklar. Shaharga hozirda Rossiya hujum qilmoqda.
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA


Tibbiy hamshira Severodonetskda mina portlashidan yaralangan bemorga qaramoqda.
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA


Bahmutdagi nazorat-o‘tkazuv punktida bolalar tomonidan chizilgan surat
Carlos Barria / Reuters / Scanpix / LETA

Kiyev

23 may kuni Ukrainada «Russkiy voyenniy korabl — vse» yozuvli yangi pochta markasi sotuvga chiqarildi. Markaziy pochtamt oldida uni sotib olishni istagan yuzlab kishilar to‘plandi. Foto: Christopher Furlong / Getty Images

«Russkiy voyenniy korabl, idi na ***» iborasi aks etgan marka muvaffaqiyatidan keyin «Russkiy voyenniy korabl — vse» markasini ham chiqarishga qaror qilishdi. Bu ibora ukrain harbiysi tomonidan Rossiya Qora dengiz floti flagmani bo‘lgan «Moskva» kreyseri ekipajining (keyinroq kreyser cho‘ktirib yuborildi) taslim bo‘lish haqidagi talabiga javoban aytilgandi. Bu 28 fevral kuni rossiyalik harbiylarning Zmeiniy oroliga hujumi vaqti ro‘y bergan. Foto: Edgar Su / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiyalik serjant Vadim Shishimarin sud zalida. 23 may kuni uni mahalliy aholi vakili qotilligida ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilishdi. Shishimarin o‘z aybiga iqror bo‘lgan va marhumning bevasidan kechirishini so‘ragan. U odam o‘ldirishni istamagani — ofitser talabi bilan o‘q uzganini aytgan. Foto: Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Rossiyaga qarshi urushda halok bo‘lgan vatan himoyachilari yodgorlik devori oldidan o‘tayotgan keksa yoshli ayol. AP Photo/Natacha Pisarenko

Kiyev yaqinidagi Dmitrivka qishlog‘i atrofidagi janglarda vayron qilingan rus harbiy texnikalari
AP Photo/Efrem Lukatsky, File

Xarkov

85 yoshli Lyudmila o‘z bog‘ini parvarish qilmoqda. Rossiya Xarkov atrofidan chekinmoqda va shahar odatiy hayot tarziga qayta boshlagan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA


Xarkovdagi bombardimon qilingan uylardan biridagi oilaviy surat
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA


Ikki go‘rkov — aka-ukalar (ular avval sovetlar armiyasida xizmat qilishgan) yer ostidan rossiyalik soldat jasadini chiqarib olmoqda
John Moore / Getty Images


Oziq-ovqat tarqatish punktida un uchun navbat
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA

Bucha

Kelib chiqishiga ko‘ra ukrain bo‘lgan kanadalik rassom Ivanka Siolkovski Buchada o‘q va snaryad parchalari ilma-teshik qilgan darvoza va devorlarni gullar bilan bezamoqda. Foto: Christopher Furlong / Getty Images

Siolkovski urush boshlangan vaqtdayoq qochqinlarga yordam ko‘rsatish uchun Torontodan Ukraina-Polsha chegarasiga yetib kelgan, Ukraina shimoli ozod etilgach, u Buchaga keldi. Foto: Christopher Furlong / Getty Images

Gullar chizish g‘oyasi Siolkovskiga mahalliy aholi vakillaridan biri bilan gaplashganidan keyin kelgan. U shunday degandi: «Devordagi o‘q teshiklari menga yo‘qotilgan barcha narsani eslatadi» Foto: Christopher Furlong / Getty Images Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urushning 89-kuni: Donbassda harbiy harakatlar davom etmoqda, Xarkovda un uchun navbat