Foto: «TASS»
Xerson viloyatida ukrain tili bilan bir qatorda rus tili ham davlat tili maqomini oladi. Bu haqda viloyat harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbarining o‘rinbosari Kirill Stremousov «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.
Uning aytishicha, rus tili ish yuritish, muloqot va «barcha davlat ahamiyatiga molik masalalar» uchun asosiy tilga aylanadi hamda maktablarda o‘qitiladi.
Shu bilan birga, Stremousov yangi hokimiyat ukrain tilini taqiqlamoqchi emasligiga ishontirdi. «Hech kimning huquqlarini poymol qilmaymiz», — dedi u va ota-onalarning iltimosiga binoan maktablarda ukrain sinflari tashkil etilishi mumkinligini aytdi.
Bundan tashqari, Stremousov Xerson viloyatida qrim tatarlarining katta jamoasi istiqomat qilayotganini, uning vakillari bilan bo‘ladigan uchrashuvda «Qrimda bo‘lgani kabi qrim-tatar tiliga davlat tili maqomini berishning maqsadga muvofiqligi» muhokama qilinishini ta’kidladi. (Qrim-tatar, ukrain va rus tillari Qrim Respublikasining davlat tillari hisoblanadi; Rossiya Konstitutsiyasining 68-moddasiga muvofiq, respublikalar o‘z davlat tillarini o‘zlari belgilash huquqiga ega, ular Rossiyaning davlat tili bilan birga qo‘llaniladi).
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada urush boshlanganidan bir necha kun o‘tib Xersonning qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. 15 mart kuni butun viloyat hududi ustidan nazorat o‘rnatildi. Keyinchalik u yerda harbiy-fuqarolik boshqaruvi tuzildi; Stremousov aprel oyi oxirida rahbar o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shundan so‘ng viloyatda Rossiya telekanallarini efirga uzatish, rus valyutasini qo‘llash, maktablarda rus tilidagi darsliklardan foydalanish boshlandi.
24 fevral kuni Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qilar ekan, Vladimir Putin Rossiyaning rejalari «Ukraina hududlarini bosib olish emas» deb ta’kidlagan edi. Uning aytishicha, Moskva barcha xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini tan oladi.
11 may kuni esa Stremousov Putindan Xerson viloyatini Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni so‘rash niyatida ekanini ma’lum qildi. Bunga javoban Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko bunday qarorni faqat viloyat aholisi qabul qilishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda «Yagona Rossiya» Bosh kengashi kotibi Andrey Turchak Xerson viloyatiga tashrifi chog‘ida gapirib, «Rossiya har doim shu yerda» ekanini ham ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi