13:13 / 25.05.2022
1 165

Rossiyada 31 yillik «Zaporojes» 17,6 ming dollar qiymatda sotuvga qo‘yildi

Rossiyada 31 yillik «Zaporojes» 17,6 ming dollar qiymatda sotuvga qo‘yildi
Foto: «Auto.ru»
Qozonda 1991 yilda ishlab chiqarilgan oq rangli «ZAZ-968M» sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi «Auto.ru». 30 yil davomida «Zaporojes» ikki marta o‘z egasini almashtirib, 616 kilometr yo‘l bosgan. Ideal holatda saqlangan «vaqt kapsulasi» 1 million rublga (17,6 ming dollar) baholanmoqda. Mashina uchun xaridor topilsa, u Rossiyada sotilgan eng qimmat «Zaporojes»lardan biriga aylanadi.

Sotuvga qo‘yilgan avtomobil tarixi bo‘yicha ko‘p narsa ma’lum emas. Suratlarga ko‘ra, «Zaporojes» ajoyib holatda saqlangan. Shu bilan birga, mashina saloni va motor bo‘lmasi qay holda ekani ko‘rsatilmagan. So‘nggi 11 yildan buyon avtomobilga egalik qilayotgan sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, mazkur «ZAZ-968M»ning barcha ehtiyot qismlari original. Mashina 30 yil davomida 616 kilometr yo‘l bosgan, xolos.

Foto: «Auto.ru»
«ZAZ-968M» 40 ot kuchiga ega 1,2 litrli benzin motor yordamida harakatga keladi. Agregat mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: «Auto.ru»
Sotuvchi o‘zining noyob avtomobilini 1 million rublga sotishga tayyor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 31 yillik «Zaporojes» 17,6 ming dollar qiymatda sotuvga qo‘yildi