date
views 1 787

Putinning Davlat kengashidagi nutqidan asosiy bayonotlar

Putinning Davlat kengashidagi nutqidan asosiy bayonotlar
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashi prezidumida nutq so‘zladi.

Prezident nutqidan asosiy bayonotlar quyidagilar:
  • Donbassni himoya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyaning barcha ishtirokchilari qahramonlar va ularga qahramondek munosabatda bo‘lish kerak.
  • ️Hukumat zudlik bilan harbiy tibbiyotga bo‘lgan ehtiyojni qondirishi, harbiy xizmatchilar va qurbonlar oilalarini qo‘llab-quvvatlashi kerak.
  • ️Dollar qisqarmoqda, rubl mustahkamlanmoqda.
  • ️Rossiya iqtisodiyotining dinamikasi ba’zi ekspertlar bashorat qilganidan yaxshiroq, ishsizlik o‘smayapti. Inflyatsiya sekinlashdi. Yil oxirida u 15% ni tashkil qiladi.
  • ️1 iyundan boshlab ishlamaydigan pensionerlarning nafaqalari 10 foizga indeksatsiya qilinadi, eng kam ish haqi va yashash qiymati oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti fevral oyining oxirida Donbass respublikalarini tan olishi to‘g‘risida va ularni himoya qilish uchun Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiya boshlashini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng AQSH boshchiligida G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi.

Rossiya Markaziy Bankining G‘arbdagi valyuta zahiralari muzlatib qo‘yildi, yirik Rossiya banklariga xalqaro operatsiyalar o‘tkazish ta’qiqlandi. G‘arb mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, bularning barchasi rublga nisbatan kuchli bosim o‘tkazishi va Rossiya iqtisodining "qulashiga" olib kelishi kerak edi. Lekin bu safar bu amalga oshmadi.

Kreml ushbu bu choralarni misli ko‘rilmagan iqtisodiy urush deb atadi, lekin voqealarning bunday rivojlanishiga tayyor ekanini bildirdi.

Rossiya banki valyuta bozorini barqarorlashtirdi, do‘stona bo‘lmagan mamlakatlarga gazni rublda sotish e’lon qilindi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning Davlat kengashidagi nutqidan asosiy bayonotlar