Foto: «RIA Novosti»
Ukrainaning Rossiya armiyasi tomonidan katta qismi ishg‘ol qilingan Zaporoje viloyati «yangi hokimiyati» hududda qo‘sh valyutali zonani joriy qildi. Bu haqda Zaporoje «harbiy-fuqarolik boshqaruvi bosh kengashi» a’zosi Vladimir Rogov «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.
«To‘lovlarni grivnada ham, rublda ham amalga oshirish mumkin. Barcha nafaqalar rublda beriladi», — dedi Rogov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, viloyatning «yangi hokimiyati» Rossiyaga qo‘shilish yo‘lidan boradi. Bu «hudud Ukraina millatchilaridan to‘liq ozod qilinganidan keyin» sodir bo‘ladi.
«Zaporoje viloyati uchun kelajak faqat bitta bo‘lishi mumkin — u Rossiyaning bir qismi bo‘lishi kerak, Rossiya Federatsiyasining to‘laqonli sub’ektiga aylanishi zarur», — dedi Rogov.
Shuningdek, u Zaporoje viloyatining «ozod qilingan» qismiga Rossiya imperiyasi davridagi gerb qaytarilganini aytdi.
23 may kuni, xuddi Zaporoje singari Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Xerson viloyatining rossiyaparast «ma’muriyati» rahbari Vladimir Saldo viloyatda qo‘sh valyuta zonasi rasman joriy etilganini e’lon qilgandi.
Rossiya OAVlarida Xerson viloyatining yangi «harbiy-fuqarolik ma’muriyati» rahbari o‘rinbosari deb aytiladigan faol Kirill Stremousov hududning Rossiya tarkibiga kirmoqchiligini e’lon qilgan. Shu bilan birga, u «hech qanday referendumlar bo‘lmasligini» aytgan. Kreml esa viloyat aholisi «o‘z taqdirini o‘zi belgilashi» kerakligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”