Foto: Reuters
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Yaponiyaning NHK nashriga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroda Xitoyning pozitsiyasi haqida gapirdi.
Zelenskiy Pekin Rossiyaning Kiyevga qarshi agressiyasiga G‘arbning taraqqiy etgan davlatlari kabi javob bermaganini eslatdi.
Ukraina rahbari Rossiyani xorijiy suveren davlatga bostirib kirgani uchun javobgarlikka tortish zarurligini, shunda boshqa davlatlar bunday tajovuzga yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor ta’kidladi.
«Xitoy hozir boshqa davlat hududini bosib olish odatiy hol degan pozitsiyani egallab turibdi», — dedi Zelenskiy.
U Pekinning Rossiya bilan «birlashishi»dan ogohlantirdi hamda Yaponiya ikki davlat o‘rtasidagi bunday «hamkorlik» xavfini yaxshi tushunishini ta’kidladi.
«Yaponiyaning Ukrainani aniq, ochiq, sezilarli va to‘liq qo‘llab-quvvatlashi biz uchun o‘ta ahamiyatli bo‘ldi. Birdamlik hozir muhim, bu boshqa mamlakatlarga signal yubormoqda», — dedi Zelenskiy.
24 may kuni Rossiya va Xitoy strategik bombardimonchi samolyotlari Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan keyingi birinchi qo‘shma parvozini amalga oshirdi. Yadro qurolini olib yurishga qodir samolyotlar havoga ko‘tarilib, Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizlari ustidan uchgan. Bu Avstraliya, Yaponiya va Hindiston rahbarlari bilan uchrashgan AQSH prezidenti Jo Baydenning mintaqaga tashrifi fonida yuz berdi. Mazkur davlatlar xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqot ishtirokchilari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”