Yevrokengash Ukrainaga 2,1 mlrd yevro mablag‘ ajratmoqchi


Yevrokengash Ukrainaga beriladigan moddiy yordam pulini 2,1 mlrd yevroga oshirishi mumkin, deb yozmoqda UNIAN xabar bermoqda.
Bu haqda Yevropa Ittifoqining kengayish va qo‘shnichilik siyosati masalalari bo‘yicha komissari Yogannes Xan ma’lum qildi.
“Joriy yilda biz Ukraina iqtisodini rivojlantirish uchun unga beriladigan moddiy yordam miqdorini 2,1 mlrd yevrodan ko‘proq mablag‘ ajratish imkonini ko‘rib chiqishni hal qilamiz”, – deb ta’kidladi Xan.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Yevrokengash Ukrainaga 1,8 mlrd yevro ajratmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.
Manba: www.kun.uz































Izohlar 0
…