
Foto: EPA
O‘z-o‘zini xalq respublikasi deb e’lon qilgan Donetskdagi Liman (avvalgi nomi Krasniy Liman) shahri «ukrain millatchilari»dan to‘liq ozod etildi va Rossiya harbiylari nazorati ostiga o‘tdi. Bu haqda 28 may kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
28 may ertalab holatiga Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi rossiyaliklar Liman yaqinida «mustahkamlanib olishga urinayotgani» haqidagina xabar qilgandi.
Britaniya razvedkasi o‘z ma’lumotnomasida Rossiya armiyasi 27 mayga kelib Limanning katta qismini egallab olganini qayd etib, bu Donbassga hujumning keyingi bosqichiga tayyorlanish operatsiyasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi. «Liman strategik ahamiyatga ega, chunki bu yerda yirik temir yo‘l tuguni joylashgan, shuningdek, Severskiy Dones orqali o‘tadigan ko‘priklarga borish mumkin», — deyiladi Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi hisobotida.
Shuningdek, Ukrainaning Xerson viloyati xavfsizlik maqsadlarida Ukraina hukumati tomonidan boshqariluvchi Nikolayev va Dnepropetrovsk viloyatlari bilan chegarani yopdi. Bu haqda Kirill Stremousov ma’lum qilgan bo‘lib, u Rossiya OAVlari tomonidan Xerson viloyati «harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari» deb ataladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozir Xerson viloyatidan Qrimga yoki Zaporoje viloyatining Rossiya qo‘shinlari nazorati ostidagi qismiga o‘tish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar