Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransiyalik hamkasbi Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar qildi Kreml matbuot xizmati.
"Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Ukrainadagi vaziyatning dolzarb jihatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi”, — deyiladi xabarda.
Xususan, Putin Ukrainaga G‘arb qurollari yetkazib berishi davom ettirish xavfli ekanligi haqida ogohlantirdi. Bundan tashqari, u Kiyev rasmiylari aybi bilan muzokaralar muzlatib qo‘yilganini ma’lum qildi.
Suhbat ishtirokchilari shuningdek dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini ham muhokama qilishdi.
“Global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi vaziyat har tomonlama ko‘rib chiqildi. Vladimir Putin asosli va aniq ma’lumotlarga asoslanib, noto‘g‘ri iqtisodiy va moliyaviy siyosat natijasida yuzaga kelgan oziq-ovqat ta’minotidagi qiyinchiliklarning asl sabablarini tushuntirib berdi. Xususan bu - G‘arb mamlakatlari olib borgan noto‘g‘ri siyosat hamda Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalari oqibati ekanini”, — deya ta’kidladi Kreml.
Bir kun avval Rossiya rahbari Avstriya kansleri Karl Nexammer bilan ham Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha telefon suhbati o‘tkazgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...