11:37 / 29.05.2022
1 287

Putin shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash uchun yosh chegarasini bekor qildi

Putin shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash uchun yosh chegarasini bekor qildi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmat o‘tash haqidagi dastlabki shartnomani tuzish uchun yosh chegarasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb yozadi Meduza. Hujjat huquqiy axborot rasmiy internet-portalida e’lon qilindi.

Qonun loyihasi Davlat dumasiga 20 may kuni kiritilgan, besh kundan keyin uni Rossiya parlamentining ikkala palatasi ham ma’qullagan.

Shu paytgacha qonunga muvofiq harbiy xizmatni o‘tash uchun dastlabki shartnomani 18 dan 40 yoshgacha bo‘lgan Rossiya fuqarolari, shuningdek, 30 yoshgacha bo‘lgan chet elliklar tuzishi mumkin edi. Endi esa buni mehnatga layoqatli yoshdagi barcha odamlar amalga oshirishi mumkin. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Nikolay Pankov aniqlik kiritishicha, gap 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar haqida bormoqda.

Qonun loyihasiga berilgan izohda yuqori aniqlikdagi qurolni qo‘llash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikadan foydalanishda yuqori malakali mutaxassislar zarurligi aytilgandi. Professionalizmning bunday darajasiga 40-45 yoshga kelib erishiladi, deb hisoblaydi qonun mualliflari.

Rossiya qurolli kuchlari bilan dastlabki shartnomani tuzish uchun yosh chegarasini bekor qilish haqidagi qonun loyihasi Ukrainada urush boshlanganidan keyin uch oy o‘tib qabul qilindi. Ko‘pchilik tahlilchilar fikricha, Rossiya Ukrainadagi guruhlarini sezilarli darajada ko‘paytirmasa, urushda jiddiy muvaffaqiyatlarga erisha olmaydi. G‘arb va Ukraina OAVlari va mansabdorlari may boshida Rossiyada safarbarlikka tayyorlanishayotgani haqida gapirgandi, ammo hozircha bunday qaror qabul qilinmagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash uchun yosh chegarasini bekor qildi