08:00 / 30.05.2022
2 877

Taniqli xonanda Shakira qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Taniqli xonanda Shakira qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin
Foto: Pinterest
Taniqli xonanda Shakira jiddiy huquqiy muammoga duch keldi. Ispaniya sudi yaqinda uning soliq ishi masalasi bo‘yicha appelyatsiyani ko‘rib chiqdi va unga qarshi yetarlicha dalillar borligini ma’lum qildi, deb yozadi People Talk nashri.

Avval xabar berilganidek, qo‘shiqchi 2012—2014 yillar davomida olgan daromadidan 15,5 million dollar soliq to‘lashi kerak edi. U Bagama orollarida rasmiy yashash joyiga ega bo‘lishiga qaramay, o‘sha paytda Ispaniyada istiqomat qilgan. Mamlakatda qonunga ko‘ra, 183 kundan ortiq yashagan har bir kishi soliq to‘lashi shart.

Prokurorlarning ma’lum qilishicha, Shakira o‘zini Ispaniyada yashamayotgandek ko‘rsatgan va barcha pullarni ofshor hisob raqamlariga o‘tkazgan. Endilikda prokuratura xonanda uchun jarima va qamoq jazosini talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taniqli xonanda Shakira qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin