Foto: AP Photo
Parijdagi Luvr muzeyining sobiq rahbari Jan-Lyuk Martines san’at buyumlarini Yaqin Sharqqa sotishda ayblanmoqda. Bu haqda Le Monde gazetasi xabar berdi.
Fransuz tergovchilarining da’vo qilishicha, Luvrning sobiq rahbari ashyolarni muzeyning Birlashgan arab amirliklari poytaxti Abu-Dabidagi filialiga o‘tkazishga yordam bergan. Ma’lum qilinishicha, ular orasida qadimgi Misr fir’avni Tutanxamon muhri tushirilgan granit stelasi ham bor.
Martines ayblovlarni rad etmoqda va vijdonan ish qilganini ta’kidlamoqda.
Parijdagi Luvr hozircha hech qanday bayonot bermagan, Abu-Dabidagi muzey vakillari esa Fransiya tergovi sabab ishning alohida jihatlari haqida izoh bera olmasligini aytishgan.
Qayd etilishicha, Jan-Lyuk Martines 1997 yildan 2021 yilning yozigacha Luvrda kurator bo‘lib ishlagan. O‘shandan beri u san’at asarlari savdosiga qarshi kurashda yordam beradigan Madaniy meros sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha Fransiya elchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi