1 459
Zelenskiy Xarkov viloyati xavfsizlik xizmati rahbarini shahar mudofaasini saqlay olmagani uchun ishdan bo‘shatdi
Foto: AP Photo / Roman Dudin
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Xarkov viloyatiga safari chog‘ida Ukraina xavfsizlik xizmatining viloyat bo‘yicha boshqarmasi rahbari Roman Dudinni ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Davlat rahbari ta’kidlashicha, u urushning ilk kunlaridanoq «faqat o‘zi haqida o‘ylab kelgan». Bu aynan nimada o‘z aksini topganiga Zelenskiy aniqlik kiritmadi.
O‘zining murojaatida Zelenskiy Xarkov viloyatida harbiylar, politsiya, Xarkov meri va viloyat ma’muriyati samarali hamkorlik qilib, «g‘alaba uchun birga ishlayotgani» haqida aytdi, biroq «Ukraina xavfsizlik xizmati liniyasi bo‘yicha mahalliy rahbariyat haqida bunday deb bo‘lmaydi», — dedi.
«Men kelib, o‘rganib chiqdim va viloyatdagi Xavfsizlik xizmati rahbarini ishdan bo‘shatdim, u to‘liq ko‘lamli urushning birinchi kunlaridanoq shaharni himoya qilish uchun ishlamagan, balki faqat o‘zi haqida o‘ylagan. Uning maqsadlarini huquq-tartibot organlari aniqlashtiradi», — dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 29 may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov viloyatidagi ukrainalik harbiylarning oldingi pozitsiyalari (jangovar harakatlar ketayotgan hudud)ga tashrif buyurdi. Bu uning urush boshlanganidan beri Kiyev viloyatidan tashqariga birinchi rasmiy safari bo‘ldi.
May oyi o‘rtalarida Xarkov uchun jangda Ukraina g‘olib bo‘lgani ma’lum qilingandi. Rossiya kuchlari viloyat hududidan chekingan. 24 may kuni Xarkovda ikki oy davomida shahar aholisi uchun bomba boshpanasi vazifasini o‘tagan metro qayta ishga tushdi.
Rossiya rasmiy manbalari ma’lumotlari bo‘yicha 29 may holatiga Rossiya, DXR va LXR harbiylari Ukrainaning Xerson viloyatini, Lugansk, Donetsk va Zaporoje viloyatlarining katta qismini, shuningdek, Xarkov viloyatidagi bir nechta shaharlarni nazorat qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas