12:17 / 01.06.2022
940

Turkiya sayyohlar uchun PZR-testini bekor qildi

Turkiya sayyohlar uchun PZR-testini bekor qildi
1 iyundan boshlab Turkiyaga kirish uchun sayyohlardan PZR-testi yoki tezkor antigen testining salbiy natijalarini ko‘rsatish talab etilmaydi, deb yozmoqda TRT Haber telekanali.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya Ichki ishlar vazirligi 81 viloyat hokimiyatiga «Mamlakatga kirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hujjatni yuborgan.

Hujjatga ko‘ra, 1 iyundan boshlab Turkiyaga istalgan chegara punktlari (quruqlik, havo, dengiz va temir yo‘l) orqali kirishda tashrifdan maksimal 72 soat oldin o‘tkazilgan PZR-testining manfiy hisobotini yoki maksimal 48 soat ichida olingan antigen testining salbiy natijasini taqdim etish shart bo‘lmaydi.

So‘nggi paytlarda Turkiyada COVID-19 bilan kasallanishning kamaygani, shuningdek, pandemiyaning aholi salomatligiga tahdidi pasaygani mamlakatga kirishda qo‘yiladigan talablarni yengillashtirish imkonini berdi.

30 may kuni Turkiyada niqob taqish majburiyati bekor qilingandi. «Niqoblar endi majburiy emas, shifoxonalarda taqish bundan mustasno. Lekin o‘tgan shuncha tajribadan so‘ng, odam gavjum yopiq joylarda, ayniqsa jamoat transportida foydalanish uchun o‘zimiz bilan niqob olib yurishimiz mumkin», — dedi Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja.

Eslatib o‘tamiz, Italiya ham mamlakatga kirish uchun barcha antikovid cheklovlarini bekor qilgandi, Ispaniya esa emlanmagan sayyohlarning mamlakat hududiga kirishiga ruxsat bergan. Avvalroq yana to‘qqizta davlat, jumladan, Isroil, Indoneziya, Marokash, Avstriya, Vetnam, Malayziya, Tayland, Armaniston, Qirg‘iziston PZR-testining salbiy natijasini taqdim etish tartibini bekor qilib, kirish talablarini yengillashtirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya sayyohlar uchun PZR-testini bekor qildi