Janubiy Koreyada telefon yashirgan abituriyentlarni aniqlash uchun mamlakat bo‘ylab signal berildi

1 daqiqa o'qish3
Janubiy Koreyada telefon yashirgan abituriyentlarni aniqlash uchun mamlakat bo‘ylab signal berildi

Janubiy Koreyada universitetga kirish imtihoni vaqtida telefonini topshirmay, o‘zida yashirib qolgan abituriyentlarni aniqlash uchun noodatiy usul qo‘llanildi. Hukumat butun mamlakat bo‘ylab uch marta favqulodda ogohlantirish xabarini yuborib, telefonlarning baland ovozda jiringlashiga sabab bo‘ldi.

SBS telekanalining xabar berishicha, 2026 yil 19 noyabr kuni o‘tkazilgan milliy universitetga kirish imtihoni — CSAT davomida yuborilgan signallar hatto telefon ovozsiz rejimda turganida ham 10,5 soniya davomida baland ovoz chiqarib jiringlashiga sabab bo‘lgan.

Birinchi ogohlantirish imtihonning dastlabki bosqichi boshlanishidan 10 daqiqa oldin, soat 08:30 da yuborilgan. Shu signalning o‘zi imtihon markazlarida telefon va boshqa qurilmalarni yashirib olib qolgan 31 nafar abituriyentni aniqlashga yordam bergan.

Keyingi signallar soat 14:21 va 14:57 da yuborilgan. Uchala ogohlantirish natijasida jami 49 nafar abituriyentda topshirilmagan telefonlar borligi aniqlangan. Ayrim telefonlar imtihon xonalarida, boshqalari esa yo‘laklarda qoldirilgan sumkalardan jiringlagan.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreyada bu yilgi imtihonda qatnashish uchun 551 864 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Qoidalarga ko‘ra, smartfon va boshqa elektron qurilmalarni imtihon xonasiga olib kirish taqiqlangan. Hatto telefondan foydalanilmagan taqdirda ham uni topshirmay, o‘zida saqlash qoidabuzarlik hisoblanadi va imtihon natijalarining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

Bu yil nazorat choralarining kuchaytirilishiga avvalroq imtihonlarda yashirin kameralar, smartfonlar va sun’iy intellekt yordamida ko‘chirish holatlari aniqlangani sabab bo‘lgan. Shu bois imtihon vaqtida nafaqat telefonlar, balki ko‘zoynaklar va kiyimdagi tugmalar ham yashirin qurilmalar bor-yo‘qligini tekshirish uchun nazoratdan o‘tkazilgan.

Rasmiylar aniqlangan holatlar yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazib, qoidabuzarlik darajasiga qarab tegishli choralar belgilashini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?