13:18 / 02.06.2022
5 402

Rossiya Ukrainaning beshdan bir qismini bosib oldi (foto)

Rossiya Ukrainaning beshdan bir qismini bosib oldi (foto)
29 may kuni ukrainalik Aleksey Bokoch o‘zining Facebook’dagi sahifasiga xarita joyladi, unda Ukrainaning 2014 yildan buyon Rossiya tomonidan egallab olingan hududi ajratib ko‘rsatilgan, deb yozadi Meduza. Xarita izohida ko‘rsatilishicha, uning maydoni 123 229 kvadrat kilometrga teng (bu Ukrainaning 603 549 kvadrat kilometrlik xalqaro tan olingan maydonining 20 foizdan sal ko‘prog‘i demakdir).

Foto: Aleksey Bokochning Facebook’dagi sahifasi
Shuningdek, Bokoch ba’zi Yevropa mamlakatlari xaritalarini ham qo‘yib, ularning taxminan o‘sha maydonga teng qismini belgilab ko‘rsatdi. U Germaniyaning yoki Italiyaning taxminan yarmiga, yoki Shveysariya va Avstriyaning birgalikdagi maydoniga teng bo‘lib chiqdi.

Italiya xaritasi
Foto: Aleksey Bokochning Facebook’dagi sahifasi


Avstriya va Shveysariya
Foto: Aleksey Bokochning Facebook’dagi sahifasi


Germaniya xaritasi
Foto: Aleksey Bokochning Facebook’dagi sahifasi

Bu xaritalarning barchasini Bokoch ingliz tilida izohladi: «Mening yevropalik do‘stlarim uchun! Shunchaki, o‘z siyosatchilaringiz bayonotlarini tinglayotgan paytingizda Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan shu hududini nazarda tutib qo‘ying».

Bokoch xaritalarni o‘zi yasagan-yasamaganligi, ular uchun ma’lumotlarni qayerdan olganligiga aniqlik kiritmagan. Ukrainaning bosib olingan hududlari xaritalarini Ukraina va Rossiya OAVlari, Amerikaning Urush tadqiqotlari instituti va Britaniya harbiy razvedkasi e’lon qilib boradi. Shuningdek, bosqin ostida qolgan va jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlar xaritasini Ukraina Ijtimoiy siyosat vazirligi ham e’lon qildi.

Xaritani tuzgan odam bosib olingan hudud maydonini Google Maps’da front chizig‘ini chizish orqali hisoblab chiqargan bo‘lishi mumkin. Meduza ushbu hisob-kitoblar to‘g‘riligini tekshirib ko‘rish uchun xuddi shu usuldan foydalanib ko‘rdi, ammo Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududi maydoni kattaroq bo‘lib chiqdi — 123 229 emas, balki taxminan 143 886 kvadrat kilometr (bu Ukraina hududining qariyb 24 foizi demakdir).

Meduza’ning hisob-kitoblari natijasi
Foto: Google

Bunday farq yuzaga kelishiga Bokoch Ukrainaning Rossiya tomonidan nazorat qilinuvchi hududiy suvlarini hisobga olmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Meduza qayd etishicha, nashr e’lon qilayotgan natija taxminiydir, chunki hamma joyda ham yaxlit front chizig‘i yo‘q, ba’zi hududlarda esa Rossiya bosqini Ukraina aholi punktlari bilan cheklangan.

24 fevral kuni Rossiya hujumi boshlanishidan oldin Ukrainaning u tomonidan bosib olingan hududi maydoni, Kiyev ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat hududining 7 foizini tashkil qilgan. Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Ukrainaning beshdan bir qismini bosib oldi (foto)