
Xitoyning janubi-g‘arbida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, yana 14 kishi turli darajada jarohat oldi.
Xitoy seysmologiya markazi (CЕNC) ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyun kuni Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasining Yaan shahridagi Lushan tumanida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 17 kilometr chuqurlikda, shimoliy kenglik 30,37 daraja va sharqiy uzunlik 102,94 daraja atrofida joylashgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati, shifokorlar, politsiya va harbiylar qutqaruv ishlarini olib bormoqda, bunga jami 4,5 ming kishi jalb etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar