Dunyodagi eng mashhur juftliklardan sanalgan Shakira va Jerar Pike sevgi afsonasi intihosiga yetdi. «El Periodico» yozishicha, 45 yoshli xonanda «Barselona»ning mashhur himoyachisini xiyonat ustida ushlagan.
OAV yozishicha, 35 yoshli Pike o‘zining eski kvartirasiga qaytib yolg‘iz yashayapti. Umuman olganda, yolg‘iz emas... «Barselona»dagi safdoshi Riki Puch bilan birga tungi klublarga serqatnov bo‘lib qolganini, begona ayollar bilan ko‘rganlar bor.
Shakira va Jerar bir kunda — 2 fevralda tavallud topishgan. Faqat o‘rtada 10 yil farq bor. Ular 2010 yilgi Janubiy Afrika Respublikasi mezbonlik qilgan jahon chempionatida tanishishgan: Shakira chempionat madhiyasini kuylagan, Pike esa jahon chempioni bo‘lgandi. Rasmiylashtirmasdan oila qurishgan, 2012 yili to‘ng‘ich farzand Milan, oradan ikki yil o‘tib uning ukasi Sasha dunyoga kelgan.
Shakira og‘ir sinovlarni boshdan o‘tkazyapti. Ajrashishdan tashqari, 15 mln yevro soliqni yashirgani uchun Ispaniya sudida ham javob berishiga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi