1 561
Litva Turkiya bilan Ukraina armiyasi uchun Bayraktar dronlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Foto: «Mil.in.ua»
Litva hukumati Turkiya bilan Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun Bayraktar dronlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Litva milliy mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas Twitter’da ma’lum qildi.
«Turkiyada mamlakat mudofaa agentligi prezidenti Ismoil Demir Litva Milliy mudofaa vazirligi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu kelishuv Bayraktarni sotib olishga yo‘l ochadi», — deb yozgan Anushauskas Twitter sahifasida.
Vazirning yozishicha, Litvada fuqarolar Ukraina armiyasining ehtiyojlari uchun hujumchi dronlarni sotib olish maqsadida uch kun ichida qariyb 6 million yevro yig‘ishgan.
May oyi oxirida litvalik jurnalist Andryus Tapinas jonli efirda Ukraina armiyasiga Bayraktar dronlarini sotib olish uchun 5 million yevro yig‘ish tashabbusi bilan chiqqan edi. #bayraktarasUkraina heshtegi ostida mablag‘ yig‘ish kampaniyasi uch hafta davom etishi kerak bo‘lgan, ammo bu kutilganidan tezroq yakunlandi.
Shuningdek, Litva Ukrainaga harbiy yordamning yangi partiyasini tayyorlayotgani xabar qilingan. Uning tarkibiga M113 zirhli transportyorlari, minalardan tozalash ishlari uchun yuk mashinalari va yo‘ltanlamas avtomobillar kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Litva parlamenti Ukrainadagi voqealar sabab Rossiyani «terrorchi davlat» deb e’lon qilgan. Litva rasmiylari ittifoqqa a’zo davlatlar ichida birinchi bo‘lib Rossiya gazidan butunlay voz kechdi, rossiyaliklarga qisqa muddatli vizalar berishni to‘xtatdi, Rossiya bilan diplomatik vakolatxona darajasini pasaytirdi va Rossiya elchisini mamlakatdan chiqarib yubordi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi