Foto: «RIA Novosti»
Moskvada «Grand Setun Plaza» biznes markazida yong‘in yuz berdi, deb yozadi Meduza. Alanga birinchi qavatdan to‘rtinchi qavatgacha tarqalgan.
Yong‘in boshlanganidan keyin evakuatsiyani amalga oshirishga kirishilgan, biroq binoda haligacha odamlar qolmoqda. «Interfaks» yozishicha, 15 kishi yuqori qavatlarda alanga tufayli qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
«Binoning qoplamasi va sovuq o‘tkazmaydigan qobig‘i sintetik eskirgan materiallardan qurilgan, ularning yong‘inga chidamlilik darajasi past. Pardozda ham sintetika ko‘p. Bu achchiq va juda zaharli tutun paydo qiladi, u esa ichkaridagi odamlar uchun asosiy xavfdir», — dedi «Interfaks» manbasi.
«RBK» yozishicha, yong‘inga murakkablik darajasining beshtadan to‘rtinchisi berilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, yong‘in maydoni 1 ming m² ni tashkil etadi. Voqea joyida 180 kishi va 41 ta texnika ish olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi