1 823
Medvedev Ukrainadagi voqealar urush emas, maxsus operatsiya deb atalishi sababini tushuntirdi
Foto: AP Photo
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlari nima sababdan urush emas, maxsus harbiy operatsiya ekanini tushuntirar ekan, ushbu operatsiya nishonlari cheklangani, zarbalar esa faqat harbiy ob’ektlarga berilayotganini aytdi. Bu haqda u Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
«Bu haqiqatan ham maxsus harbiy operatsiya. U yerda yuz berayotgan narsalarning hammasi aniq bir ssenariy bo‘yicha boryapti. Prezident biz erishishimiz kerak bo‘lgan ikkita maqsad borligini e’lon qildi», — dedi Medvedev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning birinchisi — Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari aholisini himoya qilish, ikkinchisi esa «militarizm mashinasi»ni yo‘q qilish va ushbu hududlarni «denatsifikatsiya» qilish, toki u yerda «mutlaqo aksilrossiya, rusofob yo‘nalishni ilgari surib, Rossiya va Ukrainani to‘qnashtirishga urinayotgan natsionalistlar bo‘lmasin». «Shu sababli ushbu operatsiya nishonlari cheklangan», — dedi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.
«Bundan tashqari, rossiyalik harbiylar, — dedi u. — fuqarolik ob’ektlariga eng minimal darajada tahdid solishga harakat qilmoqda». «Biz bo‘layotgan voqealarning barchasi faqat Ukraina Qurolli kuchlariga taalluqli bo‘lishini ko‘zlab harakatlanyapmiz, shuning uchun ham bizning qo‘shinlarimiz tomonidan amalga oshirilayotgan narsa maxsus harbiy operatsiya degan nomni oldi», — deya tushuntirdi u.
NATO mamlakatlari esa AQSH rahbarligida bunga javoban Rossiyaga vositachilik urushini yoki proxy war e’lon qildi, deya davom etdi Rossiya sobiq prezidenti. Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali ular u yerda harbiy kayfiyatni qo‘llab-quvvatlashga urinyapti, ular Ukraina oxirigacha, so‘nggi ukrain ham qolmagunicha urushishiga erishmoqchi, degan fikrda Medvedev. «Tushunarli sabablarga ko‘ra, bu holatda AQSHning ham, Yevropaning ham manfaatlariga zarar yetmaydi. Ukrainadan 6 million kishi ketib bo‘ldi, yuz bergan hodisalar uchun javobgarlikning katta qismi mana shu mamlakatlar bo‘ynida», — deya xulosa yasadi Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada harbiy operatsiya boshlangani haqida 24 fevralda e’lon qilgan edi. O‘shanda u bundan maqsad «sakkiz yil mobaynida Kiyev rejimi tomonidan xo‘rliklarga, genotsidga uchrab kelayotgan odamlarni himoya qilish, shuningdek, qo‘shni mamlakatni «demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish» deb atagan edi. Shu bilan birga, Putin Rossiya hech kimga hech narsani kuch bilan singdirmoqchi emasligini va Ukraina hududini bosib olmoqchi emasligini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi