Ilon Mask Tesla Powerwall quyosh elektr stansiyalarini Ukrainadagi shifoxonalarga topshirdi

Foto: Getty Images
Avvalroq milliarderning SpaceX kompaniyasi Ukrainaga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qabul qilish uchun minglab komplektlarni topshirgan edi.
Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask Tesla Powerwall quyosh elektr stansiyalarini Ukraina kasalxonalariga yubordi. Bu haqda Ukraina raqamli transformatsiyalar vaziri Mixail Fedorov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
- Yaqinda Ilon Mask bizga quyosh stansiyalarini topshirdi, ular hozirda Kiev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektlarining ishlashini ta’minlamoqda. Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar mavjud va Tesla Powerwall stansiyalari tibbiy muassasalarga elektr uzilishlari vaqtida zaxira quvvat yetkazib beradi, — deb yozgan Fedorov.
Tesla Powerwall litiy-ionli akkumulator bo‘lib, u uyda foydalanish uchun energiya va asosiy tarmoq ishlamay qolganda zaxira quvvati bilan ta’minlaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Avvalroq milliarderning SpaceX kompaniyasi Ukrainaga Starlink sun’iy yo‘ldosh internetini qabul qilish uchun minglab komplektlarni topshirgan edi.
Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask Tesla Powerwall quyosh elektr stansiyalarini Ukraina kasalxonalariga yubordi. Bu haqda Ukraina raqamli transformatsiyalar vaziri Mixail Fedorov o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
- Yaqinda Ilon Mask bizga quyosh stansiyalarini topshirdi, ular hozirda Kiev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektlarining ishlashini ta’minlamoqda. Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar mavjud va Tesla Powerwall stansiyalari tibbiy muassasalarga elektr uzilishlari vaqtida zaxira quvvat yetkazib beradi, — deb yozgan Fedorov.
Tesla Powerwall litiy-ionli akkumulator bo‘lib, u uyda foydalanish uchun energiya va asosiy tarmoq ishlamay qolganda zaxira quvvati bilan ta’minlaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…