23:58 / 05.06.2022
1 578

Ukrainadagi urush turk dronlariga talabning ortishiga xizmat qilmoqda

Ukrainadagi urush turk dronlariga talabning ortishiga xizmat qilmoqda
Ukrainaning Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar TB2 dronlari yordamida Rossiya artilleriya tizimlarini yo‘q qilishi, ushbu dronlarga bo‘lgan talabning ortishiga xizmat qildi. Bu haqda kompaniya mutaxassisi Seljuk Bayrakdar Reuters’ga ma’lum qilgan.

Seljukning so‘zlariga ko‘ra, ular revolyutsion qurilma yarata oldi. «Bugunga kelib butun dunyo bizning mijozimizga aylandi. Bayraktar TB2 tizimini butun dunyo tanidi», — deydi Baykar Technology kompaniyasining bosh mutaxassisi.

Uzunligi 12 metr keladigan dron 7,620 metr balandlikka ko‘tarila oladi. U tank va artilleriyani lazer yordamida nishonga olib, yo‘q qilishga qodir. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, aynan ushbu dron Rossiyaning yaqqol harbiy ustunligiga to‘sqinlik qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bayraktar dronlarini bir necha bor tanqid qildi. 24 fevralda boshlangan urushdan beri esa u omma oldidagi chiqishlarida dronni 45 marta tilga olgan.

Shu bilan birga, Bayraktar dronlaridan Tog‘li Qorabog‘dagi janglarda ham foydalanildi. Ushbu mojaroda Turkiya Ozarbayjon tarafini olgan edi.

Hozirda Baykar kompaniyasi Bayraktar’ning yangi avlod qurilmalarini yaratish ustida ish olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi urush turk dronlariga talabning ortishiga xizmat qilmoqda