
Foto: «VisualRian»
Donbassda Rossiya general-mayori Roman Kutuzov halok bo‘ldi. «Vesti» yozishicha, u 24 fevraldan beri Rossiya Ukraina hududida yo‘qotgan to‘rtinchi general bo‘ldi.
Harbiy jurnalist Aleksandr Sladkov o‘z telegram-kanalida ma’lumot berishicha, general Kutuzov havo desantchisi bo‘lgan, askarlarini jangga boshlab halok bo‘lgan.
Ukraina osmonida Rossiya harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi general-mayori Kanamat Botashev boshqaruvidagi samolyot urib tushirilgani haqida xabar bergandik. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar